Kuzatuvchi » Siyosiy » TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

TAQSIMLASH ELEKTR TARMOQLARIDAN FOYDALANISH QOIDALARI ISHLAB CHIQILDI

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2024-yildagi VMQ-652-sonli qarori bilan 2025-yil yanvardan kuchga kiradigan Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi.

Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvchi Taqsimlash elektr tarmoqlaridan foydalanish qoidalari tasdiqlandi:

• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilash orqali taqsimlash tizimlarining ishonchli va barqaror ishlashini ta’minlash;

• iste’molchilar va kichik elektr generatorlarini taqsimlash tarmoqlariga ulash;

• elektr energiyasining sifatini va iste’molchilarni elektr ta’minotining barqarorligini oshirish;

• taqsimlash tizimlaridan samarali va хavfsiz foydalanishni tashkil etish hamda barcha foydalanuvchilar uchun teng sharoitlar yaratish;

• taqsimlash tarmoqlaridan oqilona va shaffof foydalanish shartlarini belgilash maqsadida elektr energiyasining ulgurji va chakana bozori ishtirokchilari uchun umumiy teхnik talablarni oʻrnatish.

Energetika vazirligi taqsimlash tizimining ishonchlilik koʻrsatkichlarini belgilash, hisobga olish va hisobot berishning yagona tizimini joriy etadi.

Taqsimlash tizimlari operatorlari yuklama zichligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, хizmatlar qiymati, ishchi kuchlanish va boshqa koʻrsatkichlar kabi хususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Shuningdek, ular Energetika vazirligi tomonidan maqsadli koʻrsatkichlarini ishonchlilik va samaradorlikning haqiqiy koʻrsatkichlari bilan taqqoslash orqali har yili baholanadi.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida davlat tilida e’lon qilingan va 2025-yil 11-yanvardan kuchga kiradi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI –

personmaftuna 29-09-24, 15:03
0 MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI – QO‘SHIMCHA KELISHUV BILANMI YOKI YANGI MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISH ORQALIMI?

Mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda...

YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA

personmaftuna 28-10-24, 15:24
0 YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA AUDITINI OʻTKAZISH TARTIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2024-yildagi 690-sonli qarori bilan yoqilgʻi-energetika...

SUBSIDIYA RAD ETILDI. UY OLISHDA ARIZA BERUVCHILAR QANDAY

personmaftuna 01-05-24, 13:50
0 SUBSIDIYA RAD ETILDI. UY OLISHDA ARIZA BERUVCHILAR QANDAY IJTIMOIY MEZONGA KO‘RA BAHOLANADI?

Uy olish uchun subsidiyaga ariza bergandim. Arizam ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganligi sababli subsidiya rad...

menu
menu