Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI – QO‘SHIMCHA KELISHUV BILANMI YOKI YANGI MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISH ORQALIMI?

MEHNAT SHARTNOMASINI UZAYTIRISH QANDAY RASMIYLASHTIRILADI – QO‘SHIMCHA KELISHUV BILANMI YOKI YANGI MEHNAT SHARTNOMASINI TUZISH ORQALIMI?

Mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar kiritish uchun nazarda tutilgan tartibda rasmiylashtiriladi.

Mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Buyruq berish uchun asos – mehnat shartnomasiga kiritilgan o‘zgartishlardir.

Mehnat shartnomasiga o‘zgartirishlar yozma ravishda tuzilgan va mehnat shartnomasining ajralmas qismi bo‘lgan qo‘shimcha kelishuv bilan rasmiylashtiriladi. Qo‘shimcha kelishuv kamida ikki nusxada tuziladi. Ularning har biri xodim va ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Qo‘shimcha kelishuvning barcha nusxalari mansabdor shaxsning imzosi bilan (agar mavjud bo‘lsa) tasdiqlanadi. Qo‘shimcha kelishuvning bir nusxasi xodimga topshiriladi, qolganlari – ish beruvchida mehnat shartnomasi bilan birga saqlanadi. Xodim ish beruvchining nusxasida qo‘shimcha kelishuv nusxasini olganligini qo‘shimcha imzo bilan tasdiqlaydi.

Shunday qilib, mehnat shartnomasi muddatini uzaytirish uchun – yangi mehnat shartnomasini tuzish emas, balki amal qilish muddatiga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida unga qo‘shimcha kelishuv tuzish kerak.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ЭР-ХОТИН НИКОҲДАН АЖРАТИЛАЁТГАНИДА СУД ТОМОНИДАН ҚАНДАЙ

personmaftuna 30-09-24, 16:02
0 ЭР-ХОТИН НИКОҲДАН АЖРАТИЛАЁТГАНИДА СУД ТОМОНИДАН ҚАНДАЙ МАСАЛАЛАР ҲАЛ ЭТИЛИШИ КЕРАК ?

Оила кодексининг 44-моддасига асосан, Эр-хотин никоҳдан суд тартибида ажратилаётганда суд: никоҳдан ажратилгандан кейин...

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARGA

personmaftuna 08-08-25, 01:35
0 JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDAN OZOD QILINGAN SHAXSLARGA NAFAQA TAYINLASH TARTIBI BELGILANDI

Hukumat qarori (444-son, 16.07.2025-y.) bilan “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga bir martalik...

“OQILA AYOL”

personmaftuna 25-09-24, 00:35
0 “OQILA AYOL”

Vazirlar Mahkamasining 24.08.2024-yildagi "Mahallalarda хotin-qizlar faollari va "Oqila ayol" ayollar harakati...

menu
menu