Kuzatuvchi » Siyosiy » YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA AUDITINI OʻTKAZISH TARTIBI TASDIQLANDI

YOQILGʻI-ENERGETIKA RESURSLARI ISTE’MOLCHILARINING ENERGIYA AUDITINI OʻTKAZISH TARTIBI TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.10.2024-yildagi 690-sonli qarori bilan yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilari hamda bino va inshootlarning energiya iste’molini energiya auditidan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi.

2024-yil 1-noyabrdan 200 kvadrat metrdan ortiq maydonli bino va inshootlarning energiya samaradorligi toifasini aniqlash uchun quyidagi toifalar joriy etiladi: “A”, “V”, “C”, “D”, “Ye”, “F” va “G”.

Bunda “A” toifasi eng yuqori energiya samaradorligiga ega bino va inshootlarni, mos ravishda “G” toifasi – eng past energiya samaradorligiga ega boʻlganlarini belgilash uchun qoʻllaniladi.

Energiya samaradorligi – yoqilgʻi-energetika resurslaridan foydalanish natijasida olingan samara nisbatining yoqilgʻi-energetika resurslari sarfiga nisbatini aks ettiruvchi koʻrsatkich.

Joriy yil yakuniga qadar 200 kvadrat metrdan ortiq foydali maydonga ega bino va inshootlarning energiya auditi natijalari boʻyicha tayyorlangan energiya pasportlari va hisobotlarning elektron reyestrini yuritish uchun moʻljallangan maхsus elektron platformani ishlab chiqish va ishga tushirish rejalashtirilgan.

09.11.2024-yildan kuchga kiradigan "Energiyadan tejamli foydalanish, uni oqilona ishlatish va energiya samaradorligini oshirish toʻgʻrisida"gi 07.08.2024-yildagi O’RQ-940-sonli Qonunga muvofiq quyidagilar tasdiqlandi: 

  • Yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarining majburiy energiya auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;
  • Bino va inshootlarning energiya iste’molini auditdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.

Yoqilgʻi-energetika resurslari iste’molchilarining majburiy energiya auditini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • Energiya auditini tashkil etish tartibi;
  • energiya auditi turlari;
  • iste’molchilarning energiya auditini oʻtkazish bosqichlari;
  • energiya auditi natijalari boʻyicha tavsiyalarni bajarmaganlik uchun choralar.

Majburiy energiya auditi Davlat energetika reyestriga kiritilgan sub’yektlarda birlamchi, davriy, navbatdan tashqari shaklda va ekspress-energiya auditi shaklida oʻtkaziladi.

Davriy energiya auditi majburiy tartibda besh yilda kamida bir marta oʻtkaziladi.

Energiya auditi yangi qurilayotgan, mavjud, funksional oʻzgartirilgan (qayta profillangan), rekonstruksiya qilingan, kapital ta’mirlangan va modernizatsiya qilingan bino va inshootlarning energetik pasportlarini ishlab chiqishda hamda energiyani tejashga qaratilgan boshqa tadbirlarni amalga oshirishda oʻtkaziladi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

KASB-HUNAR KOLLEJIDA TA'LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDA DIPLOMI

personmaftuna 19-01-24, 19:45
0 KASB-HUNAR KOLLEJIDA  TA'LIM OLGANLIK TO‘G‘RISIDA DIPLOMI DUBLIKATINI OLISH QANDAY AMALGA OSHIRILADI?

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga...

CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI

personmaftuna 21-02-25, 09:35
0 CHIQINDILARNI BOSHQARISH VA SIRKULYAR IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH AGENTLIGI TASHKIL ETILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.09.2024-yildagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish sohalarida...

NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLASHDA ISH STAJI QO‘SHIB

personmaftuna 16-12-24, 11:45
0 NOGIRONLIK PENSIYASI TAYINLASHDA ISH STAJI QO‘SHIB HISOBLANADIMI?

— 20 yillik ish stajiga ega bo‘lgan II guruh nogironiman. Nogironlik pensiyasi tayinlashda ishlagan staj inobatga...

menu
menu