Kuzatuvchi » Siyosiy » SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

SIRTQI (MAXSUS SIRTQI) TA’LIM

Sirtqi ta’lim-ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy va o’rta maxsus ma’lumot olish shakli. Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limga talabalarni qabul qilish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 930-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.

Bunda, sirtqi shaklda — umumiy o‘rta (10-11-sinflar negizida), o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjatga ega bo‘lgan va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan) muvaffaqiyatli o‘tgan;

maxsus sirtqi shaklda — faqat tegishli yoki turdosh ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga (pedagogika yo‘nalishlari uchun pedagogik stajga) ega bo‘lgan, tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan berilgan tavsiyanomaga ega, test sinovlaridan (kirish imtihonlari yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan;

ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot berishning sirtqi shaklda — oliy ma’lumotga ega bo‘lgan (agar xorijiy oliy ta’lim muassasasini tugatgan bo‘lsa, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjati belgilangan tartibda tan olingan (nostrifikatsiya qilishgan) bo‘lishi kerak) va test sinovlaridan (kirish imtihonlaridan yoki kasbiy suhbatdan) muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

 Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limda o‘qish muddati: sirtqi shaklda — kamida 5 yil;

maxsus sirtqi shaklda — kamida 3 yil; ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim negizidagi sirtqi shaklda — kamida 3 yil. Bunda, o‘qish o‘quv rejalaridagi fanlar farqidan qat’i nazar, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 2-kursidan boshlanadi.

 Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchisiga ko‘chirishga ruxsat beriladi.

M.SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.   

 

Boshqa maqolalar

BILASIZMI?

personmaftuna 30-09-24, 12:17
0 BILASIZMI?

Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN YOSHLARGA O‘QISH DAVRIDA YASHASH VA

personmaftuna 16-12-24, 19:26
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN YOSHLARGA O‘QISH DAVRIDA YASHASH VA TRANSPORT XARAJATLARI UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH UCHUN ARIZA YUBORISH TARTIBIDAN XABARDORMISIZ?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyundagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan Nogironligi bo‘lgan yoshlarga o‘qish,...

MILLIY INVESTITSIYA JAMGʻARMASI TASHKIL ETILMOQDA

personmaftuna 19-09-24, 07:10
0 MILLIY INVESTITSIYA JAMGʻARMASI TASHKIL ETILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27.08.2024-yildagi "Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasini...

menu
menu