Kuzatuvchi » Siyosiy » YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA TASMASI BOR YOʻL ORQALI HARAKATLANISHNI CHEKLOVCHI QOʻSHIMCHA KIRITILMOQDA

YOʻL HARAKATI QOIDALARIGA TASMASI BOR YOʻL ORQALI HARAKATLANISHNI CHEKLOVCHI QOʻSHIMCHA KIRITILMOQDA

Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10.10.2024-yildagi “Yoʻl harakati qoidalariga jamoat transportidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi VMQ-658-sonli qarori qabul qilindi.

Hujjatda koʻzda tutilgan qoʻshimchaga koʻra, yoʻnalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yoʻldan yoʻnalishli jamoat transporti vositalari harakatlanishi mumkin. Boshqa transport vositalari ushbu yoʻlakda harakatlanishi taqiqlanadi (tezkor va maхsus хizmatlarning transport vositalari mustasno).

Transport vositalari ushbu yoʻldan faqat yondosh hududga kirish yoki chiqish maqsadida foydalanishlari mumkin. Bunda transport vositasi mazkur yoʻlakda harakatlanib kelayotgan jamoat transportiga yoʻl berishi shart.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 11.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

“AHOLI BANDLIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISH VA

personmaftuna 26-12-24, 16:34
0 “AHOLI BANDLIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITILDI

O ‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti 27.09.2024-yildagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va...

TADBIRKORLARGA MOLIYAVIY ХIZMATLARDAN FOYDALANISH

personmaftuna 15-05-25, 12:07
0 TADBIRKORLARGA MOLIYAVIY ХIZMATLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILADI

17.04.2025-yildgia «Tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati...

MEHNAT SHARTNOMASINING MUDDATI TUGASA, UNI QAYTA TUZISH

personmaftuna 29-09-24, 15:06
0 MEHNAT SHARTNOMASINING MUDDATI TUGASA, UNI QAYTA TUZISH KERAKMI?

Mehnat shartnomasi quyidagi muddatlarga tuzilishi mumkin: – nomuayyan muddatga; – uch yildan ko‘p bo‘lmagan muayyan...

menu
menu