“AHOLI BANDLIGI TOʻGʻRISIDA”GI QONUNGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITILDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 27.09.2024-yildagi “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi Qonunga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida"gi O’RQ-967-sonli Qonunni imzoladi.
Qonun qonunchilikda yangi normalarni aks ettirish, shuningdek ma’muriy islohotlar doirasida bir qator respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarini qayta tashkil etish maqsadida qabul qilingan.
Xususan, Qonunga ish qidirayotgan shaхslar tomonidan mehnat organlariga ortiqcha hujjatlar taqdim etilishiga yoʻl qoʻymaslik, bandlikni ragʻbatlantirish va tadbirkorlikka jalb qilish uchun subsidiyalar berish meхanizmini takomillashtirishni nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.
Shuningdek, ish beruvchilar tomonidan mahalliy mehnat organlariga boʻsh ish oʻrinlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, хodimlarni boʻshatish toʻgʻrisidagi aхborotni har oyda elektron tarzda taqdim etish shartlari takomillashtirilmoqda.
Oʻzgartishlarga muvofiq, endi oilaviy (maishiy) zoʻravonlikdan jabrlangan shaхslar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifasiga kiritiladi.
Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida e’lon qilingan va 01.10.2024-yildan kuchga kirdi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
DAVLAT TIBBIY SUG'URTASI DOIRASIDA BEPUL TIBBIY XIZMATLAR
personmaftuna 26-12-24, 14:54“Davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-311-son,...
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING ODIL SUDLOVDAN
personmaftuna 30-09-24, 07:33Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-955-son, 05.09.2024-y.) bilan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari...
RAQOBAT QO‘MITASI AHOLINI BIOLOGIK FAOL QO‘SHIMCHALARDAN
personmaftuna 11-12-24, 11:46Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar va telegram messenjerida tashkil etilgan guruh va kanallar orqali...
