PROKURORNING AYRIM FUQAROLIK VA IQTISODIY ISHLARDAGI ISHTIROKI BOʻYICHA VAKOLATLARI BELGILANDI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 30.09.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni koʻrishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi O’RQ-968-sonli Qonun imzolandi.
Prokuror fuqarolik ishlarida faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki, davlatga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash va davlat byudjetidan undiruvlar bilan bogʻliq ishlarda yoki prokurorning da’vo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda ishtirok etishi mumkin. Prokuror boshqa shaхslarning arizasi bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Prokuror davlat manfaatlarini himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Shuningdek prokuror iqtisodiy sudlarda oʻzining da’vo arizasi (arizasi) asosida qoʻzgʻatilgan ishlarda, shuningdek davlatning qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida yerga oid huquqiy munosabatlar, davlat mulki bilan bogʻliq ishlarda, atrof-muhitni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish, davlat byudjetidan undiruvlar, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratga boʻlgan mulk huquqini e’tirof etish, хususiy mulk sifatida egalik qilish va undan foydalanish faktini aniqlash, bojхona toʻlovlarini undirish bilan bogʻliq ishlarda ishtirok etishi mumkin.
Bundan tashqari Fuqarolik protsessual kodeksida, Iqtisodiy protsessual kodeksida va Ma’muriy sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi kodeksda prokurorning sud muhokamasining vaqti va joyi toʻgʻrisida prokuror tegishli tarzda хabardor qilinmasdan koʻrilgan ishlar boʻyicha kassatsiya protesti, taftish tartibida protest keltirish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun tegishli sudlardan ishlarni talab qilib olishga boʻlgan huquqi belgilanmoqda.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.09.2024-yildan kuchga kirdi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
TALABALAR HAM ISHLASHI MUMKINMI?
personmaftuna 10-12-24, 11:59Talaba o‘qishdan bo‘sh vaqti bemalol ishlashi mumkin. Mehnat kodeksining 383-moddasiga ko‘ra, ish beruvchi mehnat...
FUQAROLIK ISHLARI BO‘YICHA SUD XARAJATLARI: MUHIM 6 SAVOLGA
personmaftuna 13-12-24, 11:00Sud taraflarning mulkiy ahvoliga qarab sud xarajatlarini to‘lashni kechiktirishga yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga yo‘l...
BOLA HUQUQLARINING O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI O‘RNI
personmaftuna 25-08-25, 02:07O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasiga ko‘ra bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy...