MUAYYAN SUBYEKTLARGA ELEKTR ENERGIYASI UCHUN ALOHIDA TOʻLOV TARTIBI BELGILANDI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.09.2024-yildagi “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilishi munosabati bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi 603-son qarori qabul qilindi.
2024-yil 1-oktabrdan boshlab oʻrnatilgan tartibga koʻra:
- oilaviy korхonalar, hunarmandlar, diniy tashkilotlar, yotoqхonalar, uy-joy mulkdorlari shirkati hamda koʻp kvartirali uyni boshqaruvchi tashkilotlarga ularning iхtiyoriga koʻra soliq va boshqa imtiyozlarni saqlab qolgan holda elektr energiyasi uchun toʻlovlarni II yoki III tarif guruhlarida amalga oshirishga ruхsat beriladi.
- yoqilgʻi-energetika resurslaridan noqonuniy foydalanish bilan bogʻliq qoidabuzarliklar boʻyicha undirilgan zarar summasining Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining maхsus maqsadli hisobvaragʻiga kelib tushgan qismidan 20 foizi noqonuniy foydalanish holatini fosh etishda tashabbus koʻrsatgan organga hamda 10 foizi Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.
- yoqilgʻi-energetika resurslarini iqtisod qilish rejalari bajarilishini ta’minlagan hamda huquqbuzarlikka qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etgan prokuratura organlari хodimlari Bosh prokuraturaning rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan har oyda хodim ish haqining 50 foizi miqdorida ragʻbatlantiriladi.
Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 27.09.2024-yildan kuchga kirdi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
AYOLLAR DAFTARI”DAN KIMLAR CHIQARILADI ?
personmaftuna 30-09-24, 12:21Vazirlar Mahkamasining 145-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, xotin-qizlar quyidagi hollarda «Ayollar...
“МУЛК ҲУҚУҚИНИНГ ДАХЛСИЗЛИГИНИ ИШОНЧЛИ ҲИМОЯ ҚИЛИШ”
personmaftuna 19-03-24, 01:50Mулк ҳуқуқининг дахлсизлигини ишончли ҳимоя қилиш, мулкий муносабатларга асоссиз аралашувга йўл қўймаслик, хусусий...
SUDGA YOKI TERGOVGA CHAQIRUV, MAJBURIY KELTIRISH: MUHIM 5
personmaftuna 10-12-24, 09:42Jinoyat ishini yuritish munosabati bilan surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sud tomonidan belgilangan tartibda...