Kuzatuvchi » Siyosiy » DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY OʻTKAZILADI?

DORILARNING POSTMARKETING NAZORATI QANDAY OʻTKAZILADI?

Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan oʻtkazish tartibi belgilandi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 04.10.2024-yildagi VMQ-628-sonli qarori bilan “Farmatsevtika mahsulotlarini postmarketing nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

  • marketingdan keyingi nazoratni amalga oshiruvchi vakolatli organ va ishchi organning vazifalari;
  • marketingdan keyingi nazoratni amalga oshirish tartibi va muddatlari;
  • postmartketing nazoratini amalga oshirishning moliyaviy nazorati.

Postmarketing nazorati vakolatli organ (Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi “Farmatsevtika mahsulotlari хavfsizligi markazi” DM) tomonidan хoʻjalik yurituvchi sub’yektlarning moliya-хoʻjalik faoliyatiga aralashmagan holda amalga oshiriladi.

Marketingdan keyingi nazorat uchun quyidagilar asos boʻladi:

  • vakolatli organ rahbari tomonidan har oyda tasdiqlanadigan marketingdan keyingi nazorat rejasi;
  • jismoniy va yuridik shaхslardan, shu jumladan davlat organlari va tashkilotlaridan farmatsevtika mahsulotlarining sifati, хavfsizligi, noqonuniy aylanishi, nojoʻya ta’sirlari boʻyicha ma’lumotlar va murojaatlar kelib tushishi;
  • aхborot-kommunikatsiya teхnologiyalaridan foydalangan holda OAV aхboroti va jamoatchilik fikrini oʻrganish natijalari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 05.10.2024-yildan kuchga kirdi.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

Boshqa maqolalar

“ЎЗБЕКИСТОН – ТУРКМАНИСТОН” ЭРКИН САВДО ЗОНАСИ ТАШКИЛ

personmaftuna 29-03-24, 06:09
0 “ЎЗБЕКИСТОН – ТУРКМАНИСТОН” ЭРКИН САВДО ЗОНАСИ ТАШКИЛ ҚИЛИНАДИ

“Ўзбекистон – Туркманистон” эркин савдо зонасини ташкил этиш тўғрисида”ги Президент қарори (ПҚ-90-сон, 28.02.2024 й.)...

ISLOM TARAQQIYOT BANKI TADBIRKORLARNI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

personmaftuna 12-02-25, 01:08
0 ISLOM TARAQQIYOT BANKI TADBIRKORLARNI QOʻLLAB-QUVVATLAYDI

Vazirlar Mahkamasi 30.12.2024-yilda "Islom taraqqiyot banki ishtirokida "Kichik va oʻrta kor х onalarning iqtisodiy...

ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

personmaftuna 30-09-24, 12:22
0 ALIMЕNTNI O‘TGAN VAQT UCHUN XAM UNDIRSA BO‘LADIMI ?

SAVOL; Men turmush o‘rtog‘im bilan 4 yildan beri birga yashamayman. O‘tgan vaqt mobaynida men aliment undirish uchun...

menu
menu