Kuzatuvchi » Siyosiy » DEKRIMINALIZATSIYA: AYRIM YENGIL TAN JAROHATLARI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BEKOR QILINADI

DEKRIMINALIZATSIYA: AYRIM YENGIL TAN JAROHATLARI UCHUN JINOIY JAVOBGARLIK BEKOR QILINADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 07.10.2024-yildagi “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda Oʻzbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-972-son Qonun imzolandi.

Endilikda sogʻliqning qisqa muddatga yomonlashuviga yoki mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqolishiga olib kelmagan qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyat hisoblanmaydi.

Biroq sogʻliqning qisqa vaqt, ya’ni olti kundan ortiq, ammo yigirma bir kundan koʻp boʻlmagan muddatga yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining uncha uzoq boʻlmagan muddatga yoʻqotilishiga sabab boʻlgan qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik saqlanib qolmoqda.

Bunday qilmishlarni diniy taasublar zamirida, bir guruh shaхslar tomonidan yoki qurolni ishlatib sodir etganlik uchun 1 yildan 2 yilgacha ozodlikni cheklash yoki ozodlikdan mahrum etish jazosi nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirilmoqda: ushbu qilmishga BHMning 5 baravaridan 25 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutkagacha qamoq nazarda tutilmoqda.

Bundan tashqari, quyidagi ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaхs, agar u oʻz aybiga iqror boʻlsa, jabrlanuvchi bilan yarashsa va yetkazilgan zararni bartaraf etsa, ma’muriy javobgarlikdan ozod etilishi mumkin:

  • oz miqdorda talon-toroj;
  • topib olingan mol-mulkni yashirish;
  • transport vositalarining ichki jihozlariga shikast yetkazish

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 08.10.2024-yildan kuchga kirdi.


Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

KASALLIK VARAQASI OLTI OY KECHIKIB TOPSHIRILSA, QANDAY YOʻL

personmaftuna 24-09-24, 00:31
0 KASALLIK VARAQASI OLTI OY KECHIKIB TOPSHIRILSA, QANDAY YOʻL TUTISH KERAK?

– Avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi nima sababdan bunday uzoq kechikish bilan toʻlovga taqdim...

INSON HUQUQLARI

personmaftuna 28-09-24, 16:50
0 INSON HUQUQLARI

Inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va...

«XALQ TA’LIMI A’LOCHISI» KO‘KRAK NISHONI UCHUN QANDAY

personmaftuna 19-09-24, 00:35
0 «XALQ TA’LIMI A’LOCHISI» KO‘KRAK NISHONI UCHUN QANDAY IMTIYOZ VA PUL MUKOFOTLAR BOR?

Hurmatli fuqaro amaldagi qonunchilikka muvofiq, Xalq ta’limi a’lochisi ko‘krak nishoni uchun alohida mukofotlash...

menu
menu