Kuzatuvchi » Siyosiy » INSON HUQUQLARI

INSON HUQUQLARI

Inson huquqlari - har bir insonning millati, yashash joyi, jinsi, etnik kelib chiqishi, tanasining rangi, dini, tili va boshqa belgilaridan qat'i nazar, ajralmas huquqlaridir. Barcha odamlar har qanday turdagi kamsitishlarni istisno qilgan holda, inson huquqlaridan bir xilda foydalanish huquqiga egadirlar. Xozirgi kunda mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash xalqimiz uchun yaxshi turmush tarzini yaratishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylandi. 

2015-yil sentyabr oyida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish maqsadlari to‘g‘risida kelishuvga erishdilar. 2030-yilga mo‘ljallangan kun tartibida inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar bilan mustahkamlangan bir qator muhim inson huquqlari majburiyatlari ko‘zda tutilgan bo‘lib bunda, barqaror rivojlanish maqsadlari, yoki Global Maqsadlar deb nomlanuvchi qashshoqlikni yo‘q qilish, sayyorani himoya qilish va barcha odamlarga tinchlik va farovonlik olib kelishga qaratilgan universal choralardir.

 Maqsadlar BMTga a'zo barcha davlatlar, shu jumladan, O‘zbekiston tomonidan 2015-yil sentyabr oyida ma'qullangan. Ularga 2030 yilga qadar erishilishi kerak bo‘lgan 17 ta maqsad kiritilgan.

 

M.SODIQOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

HAMJAMIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA IJTIMOIY FAROVONLIKNI

personmaftuna 05-08-24, 17:13
0 HAMJAMIYATLARNI MUSTAHKAMLASH VA IJTIMOIY FAROVONLIKNI RIVOJLANTIRISH MARKAZI TASHKIL ETILDI

Vazirlar Mahkamasining 24.06.2024-yildagi “Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish...

ХОРИЖИЙ ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИДА “ЎЗБЕКШУНОСЛИК” КАФЕДРАЛАРИ

personmaftuna 26-01-24, 06:12
0 ХОРИЖИЙ ТАЪЛИМ ТАШКИЛОТЛАРИДА “ЎЗБЕКШУНОСЛИК” КАФЕДРАЛАРИ ФАОЛИЯТИ ЙЎЛГА ҚЎЙИЛАДИ

“Хорижий давлатларда Ўзбекистон тарихи ва маданияти, ўзбек тили ва адабиётини ўрганишни кенг тарғиб қилиш орқали...

DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN

personmaftuna 29-06-24, 07:32
0 DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISHDA QONUN BUZILISHI UCHUN MA’MURIY JAVOBGARLIK BELGILANMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti tomonidan 19.06.2024-yildagi “Davlat mulkini ijaraga berish sohasidagi...

menu
menu