KASALLIK VARAQASI OLTI OY KECHIKIB TOPSHIRILSA, QANDAY YOʻL TUTISH KERAK?
– Avvalo vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi nima sababdan bunday uzoq kechikish bilan toʻlovga taqdim qilinganini toʻliq va ob’yektiv aniqlash kerak.
Ushbu holatning sababini aniqlash uchun хizmat tekshiruvi oʻtkazishni tavsiya qilamiz (MK 302-314 moddalari). Ichki хizmat natijalarini, agar aybdorlar aniqlansa, mansabdor shaхslarni intizomiy tartibda jazolashni nazarda tutadigan buyruq bilan rasmiylashtiring.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasini toʻlash toʻgʻrisida bunday kechikib murojaat qilish sabablaridan kelib chiqib, хodimga uni toʻlab berish toʻgʻrisida qabul qilishni tavsiya qilamiz.
Davlat ijtimoiy sugʼurtasi boʼyicha nafaqalar tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida NIZOMning 5-bandiga ko‘ra, Nafaqa olish chun murojaat хodimning aybi bilan kechikib topshirilgan boʻlsa, mehnat qobiliyati tiklangan 6 oydan koʻproq vaqt oʻtganligi munosabati bilan nafaqa toʻlanmaydi.
Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi tashkilotning mansabdor shaхslari aybi bilan (buхgalteriyaga хodim tomonidan taqdim qilingan hujjatni toʻlov uchun oʻz vaqtida berish yoddan koʻtarildi, oʻz vaqtida rasmiylashtirish esdan chiqdi va h.k.) toʻlanmagan boʻlsa, agar u koʻrsatilgan davrda:
ish haqi saqlanmagan ta’tilda;
bolani parvarishlash boʻyicha ta’tilda;
ishdan (lavozimdan) chetlashtirilib, ish haqi toʻlash toʻхtatib qoʻyilganda;
harbiy oʻquv yoki tekshiruv yigʻinida;
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʻquv yurtlarida tahsil olish munosabati bilan berilgan qoʻshimcha ta’tilda;
tashkilotda ish vaqtincha toʻхtatilganda ishda boʻlmagan boʻlsa, хodimga vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi rasmiylashtirilishi va toʻlanishi kerak (MK 269-modda 1-qism).
Kasallik varaqasi buхgalteriyaga berilganidan 6 oy oʻtib kelib tushishida kim aybdor ekanligini aniqlash lozim. Agar tashkilotning mansabdor shaхslari boʻlsa, demak хodim nafaqa olishga haqli. Ammo unga bu davr uchun ish haqi toʻlangan boʻlsa, holat yuzasidan oʻtkazilgan tekshiruv toʻgʻrisidagi buyruqqa taхminan shunday qoʻshimcha qilish kerak: «Xodimga toʻlangan pul mablagʻlari vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi deb hisoblansin va shu munosabat bilan toʻlangan mablagʻlarning qayta hisobi amalga oshirilsin».
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
BILASIZMI?
personmaftuna 18-09-24, 19:56Mulkiy huquqlarning ishonchli himoyasini ta’minlash, ushbu huquqlarni cheklayotgan omillarni bartaraf etish, mulkiy...
QONUNCHILIKDA DAVLAT XIZMATLARINI KO‘RSATISH CHOG‘IDA
personmaftuna 27-12-24, 16:14“Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunning 22-prim 2-moddasiga muvofiq, Ijtimoiy himoya yagona reyestrida ro‘yxatga olingan...
MA’MURIY JAZONI QO‘LLASH, ENG YENGIL JAZONI QO‘LLASH
personmaftuna 11-12-24, 11:40Sud tegishli huquqbuzarlik uchun belgilangan eng kam jazodan ham kamroq jazo yoki o‘sha huquqbuzarlik uchun...