Kuzatuvchi » Siyosiy » AHOLI TURMUSH FAROVONLIGI YANADA OSHIRILADI

AHOLI TURMUSH FAROVONLIGI YANADA OSHIRILADI

“Kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-143-son, 23.09.2024-y.) qabul qilindi. Farmonga ko'ra, 2024-yilning qolgan davrida 500 ming, 2025-yilda 1 million nafar aholini kambag'allikdan chiqarish davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining hamda barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi darajali vazifasi etib belgilandi. Kambag'allikni qisqartirish sohasida erishilgan ijobiy natijalar va to'plangan milliy tajriba hamda ilg'or xalqaro amaliyot asosida har bir fuqaroni o'zi va farzandlari kelajagi uchun mas'uliyat bilan yondashishga undaydigan va salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratishga qaratilgan “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi amalga oshiriladi hamda dasturini amalga oshirish bo'yicha respublika komissiyasi tashkil etiladi. Dastur 2024-yil 1-noyabrdan quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi: barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish; ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish; kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish; ijtimoiy xizmatlardan foydalanish; yashash sharoitlarini yaxshilash; davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish; davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.

D.AZAMATOVA, 

Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

БАРЧА ТОИФАДАГИ ТАДБИРКОРЛАРГА МЕҲМОНХОНА ҚУРИШ УЧУН

personmaftuna 26-09-25, 18:44
0 БАРЧА ТОИФАДАГИ ТАДБИРКОРЛАРГА МЕҲМОНХОНА ҚУРИШ УЧУН КРЕДИТЛАР АЖРАТИЛАДИ

“Ўзбекистон Республикаси Президентининг тадбиркорлар билан V очиқ мулоқотида белгиланган вазифаларни амалга ошириш...

MAISHIY CHIQINDILARNI QAYTA ISHLAYDIGAN 8 TA ZAVOD QURILADI

personmaftuna 12-12-24, 03:43
0 MAISHIY CHIQINDILARNI QAYTA ISHLAYDIGAN 8 TA ZAVOD QURILADI

O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod...

BANKLARINING AXBOROT XAVFSIZLIGIGA DOIR MINIMAL TALABLAR

personmaftuna 23-09-25, 23:50
0 BANKLARINING AXBOROT XAVFSIZLIGIGA DOIR MINIMAL TALABLAR BELGILANDI

“O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarining axborot xavfsizligi va kiberxavfsizligiga doir minimal talablar...

menu
menu