Kuzatuvchi » Siyosiy » KAMBAG‘AL OILALAR REYESTRI SHAKLLANTIRILADI

KAMBAG‘AL OILALAR REYESTRI SHAKLLANTIRILADI

Farmonga muvofiq, 2024-yil 1-dekabrdan “mahalla yettiligi” tomonidan kambag'al oilalarning ijtimoiy sharoiti va kambag'allikka tushish sabablarini o'rganish natijasida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan Kambag'al oilalar reyestri shakllantiriladi. kam ta'minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam olayotgan oilalarning rasmiy band bo'lmagan a'zolari ishga joylashganda, o'zini o'zi band qilganda yoki tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yganda ushbu nafaqa va moddiy yordamni ularning muddati tugagunga qadar, biroq 6 oydan ko'p bo'lmagan muddatga to'lash davom ettiriladi; mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 1,5 baravaridan kam bo'lmagan oylik ish haqi to'langan holda ishga joylashgan Kambag'al oilalar reyestriga kiritilgan oila a'zosi uchun ijtimoiy soliq uch yil davomida 1 foiz stavkada to'lanadi; kambag'al oilalarga ko'mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida mehnatga layoqatli oila a'zolarining bandligini ta'minlash, o'z tomorqasidan samarali foydalanish (ekin ekish), oila a'zolari, shu jumladan, farzandlarining bilim olishi, kasb-hunar va xorijiy tillarni o'rganishi hamda sog'lig'ini nazoratga olishi, uy-joyini ozoda tutishi kabi shartlar inobatga olingan holda ko'rsatiladi.

 

K.ISMOILOV,

 Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i. 

 

Boshqa maqolalar

ELEKTROTEХNIKA SANOATINI YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIGA OLIB

personmaftuna 15-02-25, 01:58
0 ELEKTROTEХNIKA SANOATINI YANGI TARAQQIYOT BOSQICHIGA OLIB CHIQADILAR

Prezidentning 22.01.2025-yildagi "Elektrote х nika sanoatini yangi bosqichga olib chiqishga doir qoʻshimcha...

ЙЎЛЛАРДАГИ КАМЧИЛИКЛАРГА ЙҲХББ ЭМАС, ЙЎЛ ЭГАСИ ЖАВОБГАР

personmaftuna 31-07-24, 02:54
0 ЙЎЛЛАРДАГИ КАМЧИЛИКЛАРГА ЙҲХББ ЭМАС, ЙЎЛ ЭГАСИ ЖАВОБГАР БЎЛАДИ

Янги Ўзбекистон шароитида Йўл ҳаракатини ташкил этишга доир нормаларни ўз ичига олган 7 та боб ва 58 та моддадан иборат...

KIMLAR YOLG‘IZ ONA XISOBLANADI ?

personmaftuna 05-03-24, 23:42
0 KIMLAR YOLG‘IZ ONA XISOBLANADI ?

⚡️ SAVOL; Biz turmush o‘rtog‘im bilan ancha vaqtdan beri birga yashamaymiz. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bor....

menu
menu