KIMLAR YOLG‘IZ ONA XISOBLANADI ?
⚡️SAVOL;
Biz turmush o‘rtog‘im bilan ancha vaqtdan beri birga yashamaymiz. Ikki nafar voyaga yetmagan farzandim bor. Shu holatimda men yolg‘iz ona xisoblanamanmi ?
⚡️JAVOB;
O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son qonunida yolg‘iz ota yoki ona tushunchasiga quyidagicha tarif berilgan;
➖ Ya’ni, bolani tarbiyalayotgan ona yoki ota, basharti bolaning tug‘ilganligi to‘g‘risidagi rasmiy hujjatlarda ota-onasidan biri haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lmasa yoxud bunday ma’lumotlar tarbiyalayotgan onaning (otaning) so‘zlariga asosan kiritilgan bo‘lsa, shunday holatda ular yolg‘iz ota yoki yolg‘iz ona xisoblanishadi.
✏️ Agar Sizni o‘sha ikki nafar farzandingizni tug‘ilganlik guvohnomasini ota deb belgilangan joyiga turmush o‘rtog‘ingizni ma’lumotlari kiritilmagan bo‘lsa, masalan Sizlar qonuniy nikohdan o‘tmagan holda yashagan bo‘lsangiz va farzandlaringizga nisbatan turmush o‘rtog‘ingizni otaligi belgilanmagan bo‘lsa, farzandlaringizni tug‘ilganlik guvohnomasidagi ota to‘g‘risidagi ma’lumotlar shunchaki Sizning so‘zlaringizga asosan kiritilgan bo‘lsa, manashunday holatlarda Siz yolg‘iz ona xisoblanasiz.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
“2024 ЙИЛГИ НАВРЎЗ УМУМХАЛҚ БАЙРАМИГА ТАЙЁРГАРЛИК КЎРИШ ВА
personmaftuna 28-03-24, 10:38Мазкур қарорга кўра, 2024 йилги Наврўз умумхалқ байрами мамлакатимизда “Олам нурга тўлсин сен билан, Наврўз!” деган бош...
ISH VAQTI VA DAM OLISH VAQTI
personmaftuna 25-09-25, 22:20Xodim uchun ish vaqtining normal davomiyligi 5 kunlik yoki 6 kunlik ish haftasida haftasiga 40 soatdan ortiq bo‘lishi...
ҚИШЛОҚ ХЎЖАЛИГИ ТАВАККАЛЧИЛИКЛАРИНИ СУҒУРТА ҚИЛИШ ТАРТИБГА
personmaftuna 03-06-25, 11:34“Қишлоқ хўжалиги таваккалчиликларини суғурта қилиш тўғрисида”ги Қонун (ЎРҚ-1056-сон, 14.04.2025 й.) қабул қилинди....