MAISHIY CHIQINDILARNI QAYTA ISHLAYDIGAN 8 TA ZAVOD QURILADI
O‘zbekistonda maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi va mahsulot ishlab chiqaradigan 8 ta zavod quriladi. Bu zavodlar Xitoy va Birlashgan Arab Amirliklari kompaniyalari ishtirokida 11 hududda, jami 1,28 mlrd AQSh dollari qiymatidagi loyihalar asosida barpo etiladi. Zavodlar yillik 4,7 mln tonna chiqindini qayta ishlash orqali 2,1 mlrd kVt/soat elektr energiya ishlab chiqaradi va poligonlar sonini besh barobarga qisqartiradi. Bu haqida Ekologiya vazirligi xabar bermoqda.
Loyihalarga ko‘ra, Toshkent, Andijon, Samarqand, Qashqadaryo, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo, Buxoro, Navoiy viloyatlari va Toshkent shahrida zavodlar qurilib, 2026-yilda ishga tushiriladi. Bu loyihalar orqali 1 200 ta yangi ish o‘rni yaratilishi, 152 mln m³ tabiiy gaz va 2,4 mln tonna issiqxona gazlarining kamayishi kutilmoqda.
Shuningdek, bu hamkorliklar sirkulyar iqtisodiyot, ekologik barqarorlik va aholiga xavfli kasalliklarning kamayishiga hissa qo‘shadi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
ЭЛЕКТРОН ЙЎЛ ВАРАҚАЛАРИНИ ҲИСОБГА ОЛИШ ТИЗИМИ ҚАНДАЙ ИШЛАЙДИ
personmaftuna 22-02-24, 06:311 апрель куни Ўзбекистонда йўловчи ва юк ташишни ҳисобга олиш бўйича рақамли ҳужжат айланишининг олти ойлик...
IPOTEKA KREDITINI RASMIYLASHTIRISH VA SUBSIDIYA TO‘LAB
personmaftuna 11-12-24, 11:09“Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya...
QONUNLARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHDAGI
personmaftuna 19-05-24, 18:11“Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada...