Kuzatuvchi » Siyosiy » QONUNLARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHDAGI ROLI YANADA OSHIRILADI

QONUNLARNING IJTIMOIY MUNOSABATLARNI TARTIBGA SOLISHDAGI ROLI YANADA OSHIRILADI

“Qonunlarning ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishdagi rolini hamda norma ijodkorligi jarayoni sifatini yanada oshirish bо‘yicha qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-75-son, 19.02.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga kо‘ra, 2024 yil 1 martdan:

qonun loyihasidagi havolaki normalarni amalga oshirishning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilari loyihaning о‘zida majburiy tartibda belgilanadi;

tegishli sohani tartibga soluvchi qonun loyihasini tayyorlashda ushbu sohadagi qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan munosabatlarni qonun darajasiga kо‘tarish imkoniyatini muhokama qilish shartligi belgilanadi va bu haqda qonun loyihasining tushuntirish xatida kо‘rsatiladi;

qonun kuchga kirgan kundan boshlab 5 yil о‘tib, mas’ul davlat organi va Oliy Majlis palatalarining qо‘mitalari tomonidan qonunning samaradorligini, maqsadi va kutilgan natijalariga erishilganligini aniqlash uchun uning tartibga solish ta’sirini baholash amaliyoti joriy etiladi;

eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishdan oldin ularning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda dastlab jamoatchilikning taklif va tavsiyalari olinib, ular asosida tegishli loyihalar ishlab chiqiladi;

normativ-huquqiy hujjatni kuchini yо‘qotgan deb topish bо‘yicha loyiha ishlab chiqilganda, uning asosida qabul qilingan quyi turuvchi normativ-huquqiy hujjatlar xatlovdan о‘tkazilib, ularni ham о‘z kuchini yо‘qotgan deb topish masalasi kо‘rib chiqiladi.

R.EGAMBERDIYEV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

YANGI BINO QURISHDAN AVVAL TUPROQNING UNUMDOR QATLAMI

personmaftuna 22-02-24, 07:08
0 YANGI BINO QURISHDAN AVVAL TUPROQNING UNUMDOR QATLAMI SIDIRIB OLINISHI KERAK

“Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish to'g'risida”gi qonun (O'RQ–903-son, 02.02.2024-y.) Prezident...

MILLIY STRATEGIYADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING YAQIN

personmaftuna 26-03-24, 00:39
0 MILLIY STRATEGIYADA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISHNING YAQIN ISTIQBOLDAGI QUYIDAGI USTUVOR YO‘NALISHLAR BELGILANMOQDA

● davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaning oldini olish; ● davlat xizmati sohasida korrupsiyaning oldini olish; ●...

2025-YIL YURTIMIZDA “ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL”

personmaftuna 08-12-24, 13:45
0 2025-YIL YURTIMIZDA “ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL” IQTISODIYOT YILI” DEB E’LON QILINDI

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Bosh vazir lavozimiga nomzodni ko‘rib chiqish va...

menu
menu