Kuzatuvchi » Siyosiy » IMTIYOZLI ISH NIMA VA U NIMAGA KERAK?

IMTIYOZLI ISH NIMA VA U NIMAGA KERAK?

Imtiyozli ish — bu maxsus shartlarda hisobga olinadigan va erta pensiya yoki boshqa ijtimoiy imtiyozlarga ega bo‘lish huquqini beradigan staj turi. Bizdagi misolda, bu —  I guruh nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bor bola, shuningdek, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan 80 yoshga to‘lgan qariyalar kabi o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxslarga qarab turganlar uchun imtiyozlarni o‘z ichiga oladi.

Bunday ma’lumotnomani kim olishi mumkin?

O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga muntazam qaragan shaxslar uchun beriladigan dalolatnoma, nogironligi bo‘lgan shaxs yoki 80 yoshdan oshgan keksa shaxsga qaragan va buni muntazam ravishda amalga oshirgan shaxslarga beriladi. Ko‘pincha bunday dalolatnoma ish stajini tasdiqlash uchun kerak bo‘ladi, shu tariqa u imtiyozli staj sifatida hisoblanadi.

Ma’lumotnomani qanday olish mumkin?

Ma’lumotnomani olish uchun quyidagi ishlarni  bajarish kerak:

—  Ijtimoiy himoya organiga (masalan, mahalla yoki hududingizdagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi) murojaat qilish kerak;

— O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxsga haqiqatdan ham qaraganligingizni tasdiqlash. Buni keksa shaxsning roziligi va boshqa guvohlarning (mahalla raisi va ijtimoiy xodim) ko‘rsatmalari orqali amalga oshirish mumkin.

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

Boshqa maqolalar

KIMLARNI TA’TILDAN CHAQIRIB OLISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI

personmaftuna 21-02-24, 01:58
0 KIMLARNI TA’TILDAN CHAQIRIB OLISHGA YOʻL QOʻYILMAYDI

Mehnat kodeksining 232-moddasiga muvofiq har yilgi mehnat ta’tilidan chaqirib olishga ta’tilning istalgan vaqtida faqat...

KIMLAR FARZANDLARINI USTUNLIK BILAN BOG’CHAGA JOYLASHTIRISH

personmaftuna 30-09-24, 22:28
0 KIMLAR FARZANDLARINI USTUNLIK BILAN BOG’CHAGA JOYLASHTIRISH HUQUQIGA EGA?

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifadagi bolalar bogʼchaga joylashtirilishda boshqalarga qaraganda ustunlikka ega...

KO‘CHMAS MULKNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHDA NIZOLARNI SUDGA

personmaftuna 19-09-24, 00:23
0 KO‘CHMAS MULKNI RO‘YXATDAN O‘TKAZISHDA NIZOLARNI SUDGA QADAR HAL QILISH TARTIBI BELGILANGAN

Vazirlar Mahkamasining 29.08.2023-yil kungi 426-son qarori bilan Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan...

menu
menu