Kuzatuvchi » Siyosiy » TARTIBGA SOLINMAGAN CHORRAHALARDA QANDAY HARAKATLANISH KERAK?

TARTIBGA SOLINMAGAN CHORRAHALARDA QANDAY HARAKATLANISH KERAK?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qaroriga 1-ILOVA bu haqda batafsil ma’lumot berilgan. Unga ko‘ra:

Teng ahamiyatga ega bo‘lmagan yo‘llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo‘ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo‘ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, yo‘l berishi kerak.

Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo‘nalishidan qat’iy nazar, teng ahamiyatli yo‘lda bir yo‘nalishda yoki qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Teng ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o‘ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.

Bunday chorrahalarda keyingi harakat yo‘nalishidan qat’iy nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin o‘tish huquqiga ega bo‘ladi.

Asosiy yo‘lning yo‘nalishi chorrahada o‘zgarganda, asosiy yo‘lda harakatlanayotgan haydovchilar o‘zaro teng ahamiyatli yo‘llar chorrahasidan o‘tish qoidasiga amal qilishlari kerak.

Ikkinchi darajali yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar ham o‘zaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo‘ldan qarama-qarshi yo‘nalishdan to‘g‘riga yoki o‘ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yo‘l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o‘zaro amal qilishlari kerak.

Agar haydovchi o‘zi harakatlanayotgan yo‘lning qoplamasi bor-yo‘qligini aniqlay olmasa (qorong‘i vaqt, loy, qor va boshqalar) va imtiyoz belgilari bo‘lmasa, unda u o‘zini ikkinchi darajali yo‘lda deb hisoblashi kerak.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

HISOB PALATASIDA XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA DAVLAT

personmaftuna 23-07-24, 14:45
0 HISOB PALATASIDA XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA DAVLAT AUDITINI TASHKIL ETISH SHOBASI TASHKIL ETILADI

Farmonga muvofiq, Hisob palatasida quyidagilar tashkil etiladi: Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari...

XALQARO SHARTNOMALAR RATIFIKATSIYA QILINISHI

personmaftuna 26-09-24, 02:09
0 XALQARO SHARTNOMALAR RATIFIKATSIYA QILINISHI

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-son O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari...

MEHNAT SHARTNOMASI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

personmaftuna 30-09-24, 02:10
0 MEHNAT SHARTNOMASI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT

Mehnat shartnomasi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi taraflarning o‘zaro huquqlari hamda majburiyatlarini belgilovchi...

menu
menu