Kuzatuvchi » Siyosiy » HISOB PALATASIDA XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA DAVLAT AUDITINI TASHKIL ETISH SHOBASI TASHKIL ETILADI

HISOB PALATASIDA XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA DAVLAT AUDITINI TASHKIL ETISH SHOBASI TASHKIL ETILADI

Farmonga muvofiq, Hisob palatasida quyidagilar tashkil etiladi:

 

Mudofaa majmui va huquq-tartibot organlari xarajatlarini audit qilish sho'basi;

Xalqaro standartlar asosida davlat auditini tashkil etish sho'basi;

Tadqiqot, ekspert-tahlil va o'quv markazi (Tadqiqot markazi).

G'aznachilik xizmati qo'mitasi va uning hududiy tuzilmalariga quyidagi vazifalar yuklandi:

davlat xaridlari sohasida qonun buzilishi holatlari aniqlanganda, to'lovlarni vaqtincha to'xtatish (ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida belgilangan kechiktirib bo'lmaydigan xarajatlar bundan mustasno), shartnomani ro'yxatdan o'tkazmasdan qaytarish, uni bekor qilish va qonun buzilishi holatlari mavjudligi to'g'risida davlat buyurtmachisiga hamda davlat moliyaviy nazorati organlari yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabarnoma yuborish;

moliyaviy operatsiyalarning barcha jarayonlarida shubhali holatlar bo'yicha Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentini 3 ish kunida xabardor qilish;

ro'yxatdan o'tkazilgan shartnomalar bo'yicha muddati o'tgan debitor va kreditor qarzdorliklar hisobini yuritish hamda har chorak yakuni bo'yicha keyingi oyning 10 sanasigacha Hisob palatasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga tegishli ma'lumot taqdim etib borish.

S.BERDIQILICHOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti.

Boshqa maqolalar

“DEKRET” “DEKRETGA” ULANSA HAM PUL TO'LANADIMI?

personmaftuna 24-04-24, 01:17
0 “DEKRET”  “DEKRETGA” ULANSA HAM PUL TO'LANADIMI?

Hozirda xodim bir farzandli bo‘lib dikretga chiqsa yana ikkinchi farzandi ulansa, ishlamay turib dikretga chiqsa dikret...

ТАДҚИҚОТЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

personmaftuna 19-03-25, 05:59
0 ТАДҚИҚОТЛАРНИ ҚЎЛЛАБ-ҚУВВАТЛАШ ЖАМҒАРМАСИ ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Таҳлилий ва тадқиқотчилик фаолиятини ташкил қилиш бўйича қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Президент қарори...

AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNING MOHIYATI

personmaftuna 20-03-25, 01:50
0 AHOLINI ROʻYXATGA OLISHNING MOHIYATI

Tasavvur qiling, q oʻli m izda Oʻzbekiston xaritasi va unga qarab hududlarga doir birlamchi maʼlumotlarni koʻrish...

menu
menu