XALQARO SHARTNOMALAR RATIFIKATSIYA QILINISHI
O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 6-fevraldagi O‘RQ-518-son O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi Qonuniga asosan, davlatlararo munosabatlarning asoslari haqidagi va o‘zaro huquqiy yordam to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasining mudofaa qobiliyatiga daxldor masalalar bo‘yicha, tinchlik shartnomalari va kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnomalar, O‘zbekiston Respublikasining boshqa davlatlar bilan hududiy chegaralanishi to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo ittifoqlardagi, xalqaro tashkilotlardagi va boshqa birlashmalardagi ishtiroki to‘g‘risidagi, bajarilishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari o‘zgartirilishini yoki yangi qonunlar qabul qilinishini talab etadigan xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilinshishi belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq, xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilish orqali amalga oshiriladi Qaysi xalqaro shartnomalarni tuzish chog‘ida muzokaralarda ishtirok etuvchi tomonlar kelgusida ularni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida kelishib olgan bo‘lsa, o‘sha xalqaro shartnomalar xuddi shunday tarzda ratifikatsiya qilinishi belgilangan.
M.SODIQOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
QATOR SUBYEKTLARGA TOʻLOVLARNI ELEKTRON TOʻLOV TIZIMLARI
personmaftuna 19-05-25, 10:44Vazirlar Mahkamasining 26.02.2025-yildagi «Elektron toʻlov tizimlari х izmatlaridan foydalanishni kengaytirishga doir...
UY-JOYGA INVESTITSIYALAR DAROMADLILIGI TUSHIB BORMOQDA
personmaftuna 06-12-24, 15:57Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari tomonidan Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy-joylarga...
ТУРАР ВА НОТУРАР ЖОЙ ОБЪЕКТЛАРИНИ УЛУШ КИРИТИШ АСОСИДА
personmaftuna 17-03-25, 11:14“Уй-жой қурилиши соҳасини янада ривожлантириш, турар ва нотурар жой объектларини улуш киритиш асосида қуриш жараёнини...