Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT TOMONIDAN SUBSIDIYA BERISH TARTIBI QANDAY?

DAVLAT TOMONIDAN SUBSIDIYA BERISH TARTIBI QANDAY?

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining hududiy boshqarmalari tomonidan umumlashtirilgan yakuniy ma’lumotlar asosida ikki ish kuni davomida:

belgilangan tartibda subsidiya ajratish uchun tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida maxsus hisobvaraqlar ochiladi;

tumanlar (shaharlar) hokimliklariga subsidiya ajratish bo‘yicha ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda so‘rovnomalar yuboriladi.

Tumanlar (shaharlar) hokimliklari besh ish kuni davomida so‘rovnomada ko‘rsatilgan mablag‘larni «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini moliyalashtirish manbalari, «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari» jamg‘armalari hisobidan «Yagona reestr» ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning mulkdorlariga majburiy badal uchun subsidiya ajratish maqsadida tegishli g‘aznachilik bo‘linmalarida ochilgan maxsus hisobvaraqqa o‘tkazib beradi.

Bunda tuman (shahar) hokimi subsidiya uchun zarur mablag‘lar tegishli moliyalashtirish manbalaridan sarflanishini ta’minlaydi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalari ikki ish kuni davomida maxsus hisobvaraqqa kelib tushgan mablag‘lar hisobidan «Yagona reestr» ATga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ko‘p kvartirali uylardagi turar joylarning har bir mulkdorlari uchun billing tizimi orqali ularga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p kvartirali uylarni boshqarish organlarining hisobvarag‘iga majburiy badal uchun subsidiya to‘lovini o‘tkazib beradi.

Bunda majburiy badalni qoplab berishga mo‘ljallangan subsidiya miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan holda tegishli mulkdorning ko‘p kvartirali uyni boshqarish organidagi shaxsiy hisobvarag‘iga o‘tkazib berilishi lozim.

Subsidiya ajratilgan har bir mulkdorga billing tizimi orqali tegishli oy uchun subsidiya ajratilganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma yuboriladi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

ОРОЛБЎЙИ МИНТАҚАСИДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ОШИРИЛАДИ

personmaftuna 30-01-25, 02:46
0 ОРОЛБЎЙИ МИНТАҚАСИДА ТИББИЙ ХИЗМАТ СИФАТИ ОШИРИЛАДИ

“ KfW ” банки (Германия Федератив Республикаси) иштирокидаги “Оролбўйи минтақасида тиббий хизмат сифатини ошириш”...

“TELEKOMMUNIKASIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1015-SON,

personmaftuna 13-06-25, 01:17
0 “TELEKOMMUNIKASIYALAR TOʻGʻRISIDA”GI QONUN (OʻRQ-1015-SON, 27.12.2024 Y.) QABUL QILINDI

Qonun telekommunikasiyalar sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Oʻzbekistonda telekommunikasiyalar tarmoqlari...

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ҲУЗУРИДАГИ ДАВЛАТ

personmaftuna 05-06-25, 13:53
0 ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ҲУЗУРИДАГИ ДАВЛАТ БОШҚАРУВИ АКАДЕМИЯСИ ҚАЙТА ТАШКИЛ ЭТИЛАДИ

“Истиқболли кадрларни мақсадли тайёрлаш ҳамда уларни давлат бошқаруви ва хизматига самарали жалб этиш тизимини янада...

menu
menu