Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLALAR QANDAY HUQUQLARGA EGA?

BOLALAR QANDAY HUQUQLARGA EGA?

Yashash huquqi har bir bolaning uzviy huquqidir. Bola hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jinoyatdir.

Davlat sog‘lom bolaning tug‘ilishi va rivojlanishini ta’minlash uchun sharoit yaratadi.

O‘zbekiston Respublikasi "Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida"gi qonuniga ko‘ra, har bir bola:

•  tug‘ilgandan e’tiboran familiya, ism, ota ismi olish, millati va fuqaroligiga ega bo‘lish;

•  erkinlik, shaxsiy daxlsizlik, turar joyi daxlsizligi va xat-xabarlarini sir tutish;

•  o‘z sha’ni va qadr-qimmatiga tajovuzlardan, shaxsiy hayotiga g‘ayriqonuniy aralashuvlardan himoyalanish; 

•  turar joyli bo‘lish; 

•  o‘zining yoshi, sog‘lig‘ining holati va kasbiy tayyorgarligiga muvofiq mehnat qilish, kasbni erkin tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash;

•  o‘zining yoshi, sog‘lig‘i hamda ehtiyojlariga mos keladigan dam olish va bo‘sh vaqtga bo‘lish;

•  sog‘lig‘ini saqlash;

•  xususiy mulk va boshqa huquqlarga ega.

Bolalar ishga 16 yoshdan qabul qilinishi mumkin. 

Bola qonunga asoslanmagan holda ushlab turilishi, hibsga olinishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.

Davlat: 
 •  bolaning shaxsi, uy-joyi daxlsizligini, xat-xabarlari sir tutilishini ta’minlaydi hamda bolani ekspluatatsiya va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qiladi;

•  bolaning bepul majburiy umumiy o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus ta’lim olishini ta’minlaydi;

•  bolalarga qonunchilikka muvofiq hajmda bepul tibbiy yordamni kafolatlaydi.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

BUХORO VA NAMANGANDA TEХNIKA UNIVERSITETLARI TASHKIL

personmaftuna 20-02-25, 11:34
0 BUХORO VA NAMANGANDA TEХNIKA UNIVERSITETLARI TASHKIL ETILMOQDA

Prezident Bu х oro va Namangan davlat te х nika universitetlarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorlarni imzoladi...

SERVITUT TO‘G‘RISIDAGI SHARTNOMA

personmaftuna 18-03-24, 01:34
0 SERVITUT TO‘G‘RISIDAGI SHARTNOMA

Yer uchastkasiga nisbatan servitut to‘g‘risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Yer...

PENSIYAGA STAJ, RASMIY DAROMAD, KREDIT OLISH IMKONIYATLARI

personmaftuna 19-05-24, 18:31
0 PENSIYAGA STAJ, RASMIY DAROMAD, KREDIT OLISH IMKONIYATLARI – О‘ZINI О‘ZI BAND QILISHNING QANDAY AFZALLIKLARI BOR?

Bugun aksariyat aholi shug‘ullanib kelayotgan ishlar, jumladan, ustachilik, uy ishlarini bajarish, mebel yig‘ish,...

menu
menu