Kuzatuvchi » Siyosiy » SOXTA TABIBLIK BILAN SHUG‘ULLANISH JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

SOXTA TABIBLIK BILAN SHUG‘ULLANISH JAVOBGARLIKKA SABAB BO‘LADI

Hozirda ko‘pchilik fuqarolar soxta tabiblarning qurboniga aylanib bormoqda. Ushbu turdagi xizmatlar fuqarolarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, xalq tabobati sohasida faoliyat olib borish uchun tegishli huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini ko‘rsatish hamda mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa;

- fuqarolarga BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha;

- mansabdor shaxslarga esa yigirma baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xalq tabobati yo‘nalishida ruxsat etilmagan usullarni qo‘llagan holda fuqarolarga tibbiy tashxis qo‘yish va ularni davolash xizmatlarini moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor bo‘lish evaziga ko‘rsatish, shuningdek, mazkur xizmatlarni omma oldida targ‘ib qilish, basharti jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa;

- BHMning o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ushbu moddaning birinchi yoki ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa;

- BHMning yigirma baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi. 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

 

 

Boshqa maqolalar

PEDAGOGNING MAQOMI MAХSUS QONUN BILAN BELGILANMOQDA

personmaftuna 22-02-24, 07:25
0 PEDAGOGNING MAQOMI MAХSUS QONUN BILAN BELGILANMOQDA

Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Pedagogn ingmaqomi toʻgʻrisida”gi O’RQ-901-son qonun imzolandi. Mehnat...

BOLALAR BOGʻCHALARIDA AUTSORSING ORQALI SOGʻLOM OVQATLANISH

personmaftuna 12-02-25, 01:18
0 BOLALAR BOGʻCHALARIDA AUTSORSING ORQALI SOGʻLOM OVQATLANISH TASHKIL ETILADI

Vazirlar Mahkamasi 06.01.2025-yildagi «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini...

JAMOAT TRANSPORTINI BOSHQARISHNING YAGONA INTELLEKTUAL

personmaftuna 05-05-24, 12:13
0 JAMOAT TRANSPORTINI BOSHQARISHNING YAGONA INTELLEKTUAL TIZIMI JORIY ETILADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 25.03.2024-yildagi PQ-139-sonli “Jamoat transportini moliyalashtirish tizimini...

menu
menu