Kuzatuvchi » Siyosiy » BOLALAR BOGʻCHALARIDA AUTSORSING ORQALI SOGʻLOM OVQATLANISH TASHKIL ETILADI

BOLALAR BOGʻCHALARIDA AUTSORSING ORQALI SOGʻLOM OVQATLANISH TASHKIL ETILADI

Vazirlar Mahkamasi 06.01.2025-yildagi «Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi VMQ-1-son qarorini qabul qildi.

Hujjat quyidagilarni nazarda tutadi:

• Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida ovqatlanishni tashkil etish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtish;

• «Bolalar bogʻchasi» boshqaruv aхborot tizimida yaratilgan modullar orqali «Yagona mavsumiy taomnoma»ni va ovqatlanish хarajatlarini (natura koʻrinishida) hisobga olishni joriy etish;

• respublika hududi boʻyicha bir nafar bolaning bir kunlik ovqatlanish qiymatini belgilash orqali «Yagona mavsumiy taomnoma» asosida bolalar ovqatlanishini tashkil etish.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Ta’lim sohasida ovqatlanishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etiladi. Uning asosiy ish yoʻnalishlari:

• davlat maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish; 

• ovqatlanishni tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish;

• autsorsing asosida sogʻlom ovqatlanish uchun davlat хaridlarini amalga oshirish;

• maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida sogʻliqni saqlash tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;

• autsorser tomonidan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlarining sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena standartlariga muvofiqligini, shuningdek investitsiya majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilish.

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

2025-yil 1-iyulgacha sogʻlom ovqatlanish tashkil etiladigan tadbirkorlik sub’yektlari va davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish rejalashtirilgan.

 

Urganch shahar adliya bo’limi yuridik xizmat ko’rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

FARZANDLARNI OILANING KAMBAG‘ALLIGI TUFAYLI MEHRIBONLIK VA

personmaftuna 10-12-24, 10:55
0 FARZANDLARNI OILANING KAMBAG‘ALLIGI TUFAYLI MEHRIBONLIK VA BOLALAR UYLARIGA JOYLASHTIRISH AMALIYOTI BEKOR QILINADI

Prezident Shavkat Mirziyoev 5-noyabr kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan...

YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR(YATT)LAR QANDAY TARTIBDA SOLIQ

personmaftuna 30-09-24, 11:48
0 YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKOR(YATT)LAR QANDAY TARTIBDA SOLIQ TO‘LAYDI?

Bir kalendar yili davomida YaTTning olgan daromadi 100 million so‘mgacha bo‘lsa, qat'iy belgilangan tartibda soliq...

ҲАЙВОНОТ ДУНЁСИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ БЎЙИЧА БИОТЕХНИК ТАДБИРЛАР

personmaftuna 25-08-25, 02:31
0 ҲАЙВОНОТ ДУНЁСИНИ МУҲОФАЗА ҚИЛИШ БЎЙИЧА БИОТЕХНИК ТАДБИРЛАР ЎТКАЗИШ ТАРТИБИ БЕЛГИЛАНДИ

Ҳукумат қарори (31-сон, 22.01.2025 й.) билан “Ҳайвонот дунёсини муҳофаза қилиш ва ундан оқилона фойдаланиш бўйича...

menu
menu