FARZANDLARNI OILANING KAMBAG‘ALLIGI TUFAYLI MEHRIBONLIK VA BOLALAR UYLARIGA JOYLASHTIRISH AMALIYOTI BEKOR QILINADI
Prezident Shavkat Mirziyoev 5-noyabr kuni ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyada oila muhitida kamol topish farzandning uzviy huquqi ekanligi belgilangan. YuNISEF ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yetim bolalarning yarmi ijtimoiy himoya xizmatlari bilan qamrab olinmagan.
Yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi. Bunda avvalo vasiylik, homiylik yoki farzandlikka berish qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtisoslashtirilgan muassasaga eng so‘nggi chora sifatida joylashtiriladi.
Farzandlarni oilaning kambag‘alligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Kambag‘al oila vakillari ishga joylashgan taqdirda, bolasi uch yoshga to‘lguncha bog‘cha xarajatlari uchun Ijtimoiy himoya jamg‘armasidan kompensatsiya beriladi.
Bolalar uylarida “Onalar maskani” tashkil etilib, unda bolasidan voz kechmoqchi bo‘lgan onalar joylashtiriladi. Ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi, onalik ko‘nikmalari o‘rgatiladi hamda kasb egallashiga ko‘maklashiladi.
Og‘ir hayotiy vaziyatga tushgan bolalar tarbiyaga berilguniga qadar “Inson” markazi tomonidan oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. Tarbiyaga beriladigan bolalar uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi.
M. SADIKOVA,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
STAJOR - O‘QITUVCHI
personmaftuna 28-03-24, 02:23O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.02.2024-yildagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy o‘rta...
NOGIRONLIGI BOʻLGAN SHAХSLARNING ODIL SUDLOVDAN FOYDALANISH
personmaftuna 25-09-24, 00:1105.09.2024 - yildagi OʻRQ-955-son Qonun bilan “ Nogironligi boʻlgan shaхslarning huquqlari toʻgʻrisida ”gi Qonunga...
TUMANLARDA ENERGIYA BALANSINI ISHLAB CHIQISH BOʻYICHA
personmaftuna 15-05-25, 14:13Prezident tomonidan 01.04.2025-yildagi «Yoqilgʻi-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining...