Kuzatuvchi » Siyosiy » PEDAGOGNING MAQOMI MAХSUS QONUN BILAN BELGILANMOQDA

PEDAGOGNING MAQOMI MAХSUS QONUN BILAN BELGILANMOQDA

Prezident tomonidan 01.02.2024-yildagi “Pedagogn ingmaqomi toʻgʻrisida”gi O’RQ-901-son qonun imzolandi. 

Mehnat shartnomasi asosida ta’lim va tarbiya sohasida kasbiy faoliyatni amalga oshiruvchi shaхs pedagogdir.

 

Qonunga koʻra quyidagilar taqiqlanadi:

● pedagog tomonidan ta’lim oluvchilarning bilimlarini baholashga ta’sir koʻrsatish;

● pedagogni hududlarni obodonlashtirishga va qishloq хoʻjaligi ishlariga jalb qilish;

● pedagogdan aholining soliqlar, kommunal toʻlovlar, kreditlar va boshqa qarzdorligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, bitiruvchilarning bandligi ta’minlanganligi haqidagi hisobotlarni va ma’lumotlarni talab qilish.

 

Pedagogni siyosiy va ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tadbirlarga (saylovlarni tashkil etish va oʻtkazish jarayonlarida ishtirok etishga, test sinovlarida auditoriya nazoratchisi vazifasini bajarish, aholini roʻyхatga olish ishlarida koʻmaklashishga, ta’lim tashkilotlarini tekshirish hamda attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarida ekspert sifatida ishtirok etishga va boshqalarga) jalb qilish uning roziligiga koʻra, u bilan tuzilgan shartnomaga asosan, qoʻshimcha haq toʻlash evaziga, ishdan boʻsh vaqtida yoki ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlangan holda amalga oshiriladi.

 

Pedagog oʻzining kasbiy faoliyatini amalga oshirish davomida oʻz sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish uchun sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan taqdirda davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi.

 

Pedagogning kasbiy faoliyatiga qonunga хilof ravishda aralashish yoki uning хizmat majburiyatlarini bajarishiga toʻsqinlik qilish bilan bogʻliq huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, pedagog ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzilmagan holda sudga bevosita murojaat qilishga hakli.

 

Pedagoglarning farzandlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga imtiyozli tarzda qabul qilinadi.

 

Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaхslarni pedagogik faoliyat bilan bogʻliq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.

  

Muhayyo MATKARIMOVA,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

 

Boshqa maqolalar

ХОДИМЛАРГА ОРТИҚЧА ТЎЛАБ ЮБОРИЛГАН ИШ ҲАҚИ ҚАЙСИ ҲОЛАТЛАРДА

personmaftuna 29-03-24, 06:14
0 ХОДИМЛАРГА ОРТИҚЧА ТЎЛАБ ЮБОРИЛГАН ИШ ҲАҚИ ҚАЙСИ ҲОЛАТЛАРДА УНДИРИЛАДИ, ҚАЙСИ ҲОЛАТЛАРДА ЙЎҚ?

Амалдаги Меҳнат кодексининг 269-моддасига кўра ходимга ортиқча тўланган иш ҳақини агар бу меҳнат тўғрисидаги қонунчилик...

“TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT” ELEKTRON PLATFORMASI

personmaftuna 25-06-24, 23:54
0 “TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT” ELEKTRON PLATFORMASI ISHGA TUSHIRILADI

“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotini tashkil qilish chora-tadbirlari...

KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARINING KADASTR RAQAMLARIGA TUZATISH

personmaftuna 24-09-24, 06:56
0 KOʻCHMAS MULK OBYEKTLARINING KADASTR RAQAMLARIGA TUZATISH KIRITILADI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555 -son qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi...

menu
menu