QISQARTIRILGAN ISH REJIMI QANCHA VAQT DAVOM ETADI?
Byudjet tashkilotidagi ona bolasi 1 yoshligida ishga chiqib, qisqartirilgan ish rejimida ishladi. Endi bolasi 2 yoshga to‘ldi. Ish vaqti yana qisqartirilgan rejimda qoladimi?
— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 397-moddasiga asosan “uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi” deyilgan.
Ushbu moddaga asosan, byudjet tashkilotlarida ishlayotgan xodimga aslida farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi kerak.
Demak, savoldagi vaziyatda byudjet tashkilotida ishlaydigan ona qisqartirilgan ish vaqtidan yana bir yil, ya’ni bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar foydalanishi mumkin.
Tursunboy URAZBAYEV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ADLIYA ORGANLARI VA MUASSASALARINING MAS’ULIYATINI OSHIRISH
personmaftuna 14-06-24, 16:25O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024-yildagi ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va...
QISHLOQ TRANSPORT VOSITALARI ХAVFSIZLIGINING TEХNIK
personmaftuna 14-02-25, 23:57Vazirlar Mahkamasining 11.01.2025-yildagi «Muomalaga chiqarilayotgan qishloq va oʻrmon х oʻjaligi transport vositalari...
MUAYYAN SUBYEKTLARGA ELEKTR ENERGIYASI UCHUN ALOHIDA TOʻLOV
personmaftuna 26-12-24, 16:31O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.09.2024-yildagi “Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan...