Kuzatuvchi.uz / QISQARTIRILGAN ISH REJIMI QANCHA VAQT DAVOM ETADI?

QISQARTIRILGAN ISH REJIMI QANCHA VAQT DAVOM ETADI?

Byudjet tashkilotidagi ona  bolasi 1 yoshligida ishga chiqib, qisqartirilgan ish rejimida ishladi. Endi bolasi  2 yoshga to‘ldi. Ish vaqti  yana qisqartirilgan  rejimda qoladimi?

— O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 397-moddasiga asosan “uch yoshga to‘lmagan bolalari bor, byudjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarga ish vaqtining haftasiga o‘ttiz besh soatdan oshmaydigan qisqartirilgan muddati belgilanadi” deyilgan.

Ushbu moddaga asosan, byudjet tashkilotlarida ishlayotgan xodimga aslida farzandi 3 yoshga to‘lguniga qadar qisqartirilgan ish vaqti belgilanishi kerak.

Demak, savoldagi vaziyatda byudjet tashkilotida ishlaydigan ona qisqartirilgan ish vaqtidan yana bir yil, ya’ni bolasi 3 yoshga to‘lguniga qadar foydalanishi mumkin.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

8-12-2024, 13:50
Saytga qaytish