Kuzatuvchi » Siyosiy » RESPUBLIKADA BO‘LISHI NOMAQBUL DEB TOPILGAN SHAXSLARNING RO‘YXATI SHAKLLANTIRILADI

RESPUBLIKADA BO‘LISHI NOMAQBUL DEB TOPILGAN SHAXSLARNING RO‘YXATI SHAKLLANTIRILADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-998-son, 15.11.2024-y.) bilan "O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy holati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Qonun bilan O‘zbekiston xalqining sha’nini, qadr-qimmatini, tarixini tahqirlovchi ommaviy chiqishlarni yoki harakatlarni sodir etgan chet el fuqarolarining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning "O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati"ga kiritilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Chet el fuqarosini yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni Ro‘yxatga kiritish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining, Senati Kengashining, maxsus vakolatli davlat organlarining taqdimiga asosan amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga kiritilgan chet el fuqarosining yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ro‘yxatga kiritilgan shaxs xabarnoma olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishi kerak.

Agar Ro‘yxatga kiritilgan, nomaqbul deb topilgan shaxs ko‘rsatilgan muddat ichida ixtiyoriy ravishda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketmasa, mazkur shaxs deportatsiya qilinadi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

YOSHLARNI KASBGA VA CHET TILLARIGA O‘QITISH TIZIMI

personmaftuna 04-06-24, 14:07
0 YOSHLARNI KASBGA VA CHET TILLARIGA O‘QITISH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILADI

“Yoshlarni kasbga (mutaxassislikka) va chet tillariga o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari...

MEHNATGA LAYOQATSIZLIK MA’LUMOTNOMASI

personmaftuna 29-11-24, 06:11
0 MEHNATGA LAYOQATSIZLIK MA’LUMOTNOMASI

Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi (yoki “mehnatga layoqatsizlik varaqasi”) kasallik, jarohat yoki boshqa tibbiy...

FAKTORING BO'YICHA ZAMONAVIY QONUNCHILIK BAZASI YARATILADI

personmaftuna 01-05-25, 06:50
0 FAKTORING BO'YICHA ZAMONAVIY QONUNCHILIK BAZASI YARATILADI

Qonunga muvofiq, Fuqarolik kodeksiga pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash...

menu
menu