Kuzatuvchi » Siyosiy » NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QATOR SOLIQ IMTIYOZLARI BERILDI

NODAVLAT MAKTABGACHA VA UMUMIY O‘RTA TA’LIM TASHKILOTLARIGA QATOR SOLIQ IMTIYOZLARI BERILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Unga ko‘ra:

2030-yil 1-yanvarga qadar:

– nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari barcha turdagi soliq (bundan ijtimoiy soliq mustasno) va yig‘imlardan;

– O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini jihozlash va faoliyatini ta’minlash uchun olib kiriladigan zamonaviy o‘quv va laboratoriya uskunalari, kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlar, o‘quv va ilmiy-metodik adabiyotlar, anjomlar va moddiy-texnik resurslar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno);

– nodavlat maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik o‘qituvchi va mutaxassislar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliqdan ozod qilindi.

2025-yil 1-yanvardan boshlab:

– nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan pedagogik faoliyatni doimiy asosda amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy mutaxassislarga “A-2” o‘qituvchilar kirish vizalarini berish yo‘lga qo‘yiladi;

– nodavlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlarining rahbar va pedagog xodimlari malakasini oshirishni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, pedagogik mahorat markazlari hamda belgilangan tartibda shakllantiriladigan reestrga kiritilgan nodavlat malaka oshirish tashkilotlarida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.


Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

Boshqa maqolalar

RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

personmaftuna 26-12-24, 12:49
0 RAHBAR KADRLARNI BAHOLASH MARKAZI TASHKIL ETILADI

“Rahbar kadrlarni baholash markazini tashkil etish to'g'risida”gi Hukumat Qarori (629-son, 04.10.2024-y.) qabul...

NIKOH SHARTNOMASI TUZISH AFZALLIKLARI

personmaftuna 10-12-24, 10:36
0 NIKOH SHARTNOMASI TUZISH AFZALLIKLARI

Nikohlanuvchi shaxslarning yoki er va xotinning nikohda bo‘lgan davrida va (yoki) er va xotin nikohdan ajratilgan...

QANDAY HOLLARDA MOL-MULKNI SOTISHDA ER-XOTIN ROZILIGI TALAB

personmaftuna 11-12-24, 02:16
0 QANDAY HOLLARDA MOL-MULKNI SOTISHDA ER-XOTIN ROZILIGI TALAB ETILMAYDI?

Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mol-mulklari, shuningdek, nikoh qayd etilgunga qadar, bo‘lajak er-xotinning...

menu
menu