KONSERTLARDA JONLI IJRO QANDAY RAGʻBATLANTIRILADI?
Vazirlar Mahkamasining 08.04.2025-yildagi «Konsert-tomosha faoliyatida jonli ijroni yanada ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi VMQ-207-son qarori qabul qilindi.
«Jonli ijrochilar reyestri», shuningdek 2025-yil 1-maydan boshlab:
- Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan barcha konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanish bosqichma-bosqich cheklanadi;
- konsert-tomosha tadbirlari reklamasi tegishincha «Jonli ijro», «Fonogrammadan foydalangan holda jonli ovoz» yoki «Fonogrammali konsert dasturi» belgilari koʻrsatilishi kerak;
- ijodkorlarni davlat mukofotlariga tavsiya etishda, birinchi navbatda, ularning jonli ijrodagi mahorati inobatga olinadi.
2025-yil 1-iyuldan boshlab:
- Milliy teleradiokompaniya (MTRK) teleradiokanallarida jonli ijroda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari reklamasini efirga uzatganlik uchun tadbir tashkilotchisiga 30 foiz chegirma beriladi;
- fonogrammadan qisman foydalangan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari tashkilotchilariga ijara toʻloviga 25 foiz chegirma beriladi (kommunal toʻlovlar bundan mustasno);
- MTRK teleradiokanallarida fonogrammadan qisman foydalangan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari reklamasini efirga uzatganlik uchun tadbir tashkilotchisiga 15 foiz chegirma beriladi;
- jonli ijroda va qisman fonogrammadan foydalangan holda tashkil etiladigan konsert-tomosha tadbirlari tegishli teleradiokanal Badiiy kengashining ijobiy хulosasi asosida MTRK teleradiokanallarida bepul efirga uzatiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida jonli ijroda va qisman konsert-tomosha tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
TADBIRKORLARGA YANA BIR IMKONIYAT
personmaftuna 18-03-24, 01:15O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va...
ДАВЛАТ ХИЗМАТЛАРИ БЎЙИЧА НИЗОЛАРНИ СУДГАЧА ҲАЛ ЭТИШНИНГ
personmaftuna 07-06-25, 19:33“Ҳуқуқий эксперимент тариқасида давлат хизматларини кўрсатиш билан боғлиқ маъмурий ҳужжатлар бўйича низоларни судгача...
BILASIZMI?
personmaftuna 28-06-24, 01:09Qonunchilikka ko'ra, xodimlarga ish haqi to'lash muddatlari jamoa shartnomasida yoki ichki hujjatda, ular mavjud...