TADBIRKORLARGA YANA BIR IMKONIYAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda mikromoliya xizmatlarining o‘rni va ulushini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 2023-yil 11-noyabrda PQ-364-sonli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 2024–2026 - yillarda quyidagi maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishga qaratilgan mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish dasturi amalga oshiriladi:
-mikromoliyalash bozori hajmini kamida 5 barobarga oshirish;
-mikromoliyaviy xizmatlar bilan 1 milliondan ortiq tadbirkorlarni qamrab olish;
-mikromoliya tashkilotlari resurs bazasida jismoniy shaxslardan jalb qilinadigan mablag‘lar miqdorini 2 barobarga oshirish;
-mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish orqali rasmiy daromadga ega bo‘lmagan 500 mingga yaqin shaxslarni o‘zini oʼzi band qilish va biznesni rivojlantirishga ko‘maklashish.
2024-yil 1-yanvardan:
-mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshiriladi;
-nobank kredit tashkilotlari aktsiyadorlik jamiyati yoki masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi;
-mikromoliya tashkilotlariga norezidentlardan xorijiy valyutada qarz mablag‘larini jalb qilish hamda yuridik shaxslarga xorijiy valyutada moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga ruxsat beriladi;
-jismoniy shaxs bo‘lgan ishtirokchilardan (aktsiyadorlardan) ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritilgan hissa summasining yoki ularning egaligidagi aktsiyalar nominal qiymatining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda qarz mablag‘larini jalb etishga ruxsat beriladi;
-mikromoliya tashkilotlari tegishli litsenziya olgan holda to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi;
-jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan nobank kredit tashkilotining ustav kapitalidagi ulushga egalik qilish uchun Markaziy bank dastlabki ruxsatnomasini olish talabi qonunchilikda belgilangan 10 foizlik ulushni 20 foizga oshirish orqali yumshatiladi.
Bunda, olinayotgan ulush miqdori 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lganda Markaziy bankni xabardor qilish tartibi joriy etiladi;
-mikromoliya tashkilotlariga tijorat banklaridan kredit resurslari jalb etilganda yoki tadbirkorlik subyektlariga mikromoliya tashkilotlaridan mikrokredit olinganda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” АJ kafilligini berish imkoniyati yaratiladi;
-tijorat banklariga mikromoliya tashkilotlariga kredit ajratishda ularning ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlari bo‘yicha talab qilib olish huquqini garovga olish huquqi beriladi.
2024-yil 1-aprelgacha mikromoliya xizmatlari sohasiga ixtisoslashgan yangi mikromoliya tashkiloti tashkil etiladi.
2024-yil 1-yanvargacha mikromoliya tashkilotlari tomonidan islomiy moliyalashtirishga oid xizmatlar ko‘rsatishning normativ-huquqiy bazasi ishlab chiqiladi.
Xusin ISKANDAROV,
Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i.
Boshqa maqolalar
OʻZDJTU QOSHIDA PEDAGOGLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI
personmaftuna 12-08-24, 22:47Vazirlar Mahkamasining 11.07.2024-yildagi "Oliy ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagoglarini qayta tayyorlash va...
TARMOQLARNI QOʻLLAB-QUVVATLASH JAMGʻARMASI MABLAGʻLARIDAN
personmaftuna 29-09-24, 22:52Vazirlar Mahkamasining 31.07.2024-yildagi 466-son qarori bilan Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi daromadlarini...
“ПЕДАГОГНИНГ МАҚОМИ ТЎҒРИСИДА” ГИ ЎРҚ-901-СОН ҚОНУН
personmaftuna 08-02-24, 12:26Қонунга кўра, педагогларнинг давлат ҳуқуқий ҳимоясига доир бир-қанча қатъи нормалар белгиланди. Хусусан, қонун билан...