YER QA’RIDAN FOYDALANISHGA OID HUQUQBUZARLIK HAQIDA XABAR BERGANLAR RAG‘BATLANTIRILADI
Hukumat qarori (457-son, 22.07.2025-y.) bilan “Yer qa'ridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog'liq huquqbuzarliklar haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni pul mukofoti bilan rag'batlantirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko'ra, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim. Foto va video materiallarda quyidagilar aks ettirilishi kerak: sodir etilgan huquqbuzarlik: huquqbuzarlik sodir etgan shaxs to'g'risidagi ma'lumotlar (agar mavjud bo'lsa); huquqbuzarlik sodir etilgan manzil, sana va vaqt. Foto va video materiallar 15 ish kunida ko'rib chiqiladi. Foto va video materiallarni yuborgan shaxslar quyidagi miqdorlarda pul mukofoti bilan rag'batlantiriladi: keng tarqalgan noruda foydali qazilmalarni qonunga xilof ravishda qazib olish yoki boshqa joyga tashish bo'yicha – huquqbuzardan undirilgan mablag'lar hisobidan BHMning 1 baravari; foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash sohasidagi boshqa huquqbuzarlik bo'yicha – huquqbuzardan undirilgan jarima miqdorining 5 foizi.
D.AZAMATOVA,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
ХОРИЖДА ВАҚТИНЧА МЕҲНАТ ФАОЛИЯТИНИ АМАЛГА ОШИРАЁТГАН
personmaftuna 14-05-24, 01:27“Меҳнат миграцияси жараёнларини такомиллаштириш ҳамда хорижда вақтинча меҳнат фаолиятини амалга ошираётган шахсларни...
CHIQINDI PULINI TO'LAMAGANLARNING ELEKTR UCHUN TO'LOVLARINI
personmaftuna 30-03-24, 01:24“Chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish va ularning ekologik vaziyatga salbiy ta'sirini kamaytirish...
XODIMGA QAT’IY HAYFSAN E’LON QILISH MUMKINMI?
personmaftuna 24-03-24, 17:51Odatda, aksariyat tashkilotlar oʻz х odimlarini umumiy intizomiy javobgarlikka tortish huquqiga ega, ya’ni ularga faqat...