Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNATGA LAYOQATSIZLIK VARAQASI

MEHNATGA LAYOQATSIZLIK VARAQASI

“Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi (Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ro‘yxat raqami 2667 ) yo‘riqnomaga asosan,  Mehnatga layoqatsizlik varaqasi shaxsni ishdan ozod qilish, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi yoki homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lash uchun asos bo‘ladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.

Yo‘riqnomaga asosan, Fuqarolarning kasalligi, shikastlanganligi, homiladorligi, tuqqanligi, oilaning betob a’zosini parvarishlaganligi, protez qo‘ydirganligi, sanatoriy-kurortda davolanganligi, shuningdek sog‘lig‘i holatiga ko‘ra boshqa ishga o‘tkazish uchun va karantin tufayli mehnatga vaqtincha layoqatsizligini ekspertiza qilish natijalariga ko‘ra aniqlangan mehnatga vaqtincha layoqatsizligi mehnatga layoqatsizlik varaqasi bilan tasdiqlanishi belgilangan.

Mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi shaxsni ishdan (o‘qishdan) ozod qilish uchun asos bo‘ladigan hamda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik bilan kechadigan kasallanishning hisobi yuritiladigan hujjat hisoblanadi.

Quyidagilar mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadi: o‘quvchi, talaba, magistrant, klinik ordinator va katta ilmiy xodim-izlanuvchilarning o‘qishga vaqtincha layoqatsizligi,  alkogolga qaramlik natijasidagi kasalliklar va jarohatlar, shuningdek mastlik natijasida olingan jarohatlar, xodimlarni davriy profilaktik tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi, harbiy xizmatga chaqiriluvchilarni ambulatoriya yoki statsionar sharoitda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilganligi, kasallikning kelib chiqishi kasb bilan bog‘liqligini aniqlash yuzasidan tekshiruv o‘tkazilganligi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining sud ajrimi bilan tibbiy muassasaga joylashtirilganligi, ambulatoriya sharoitida o‘n to‘rt yoshga to‘lmagan bolaning parvarishga muhtojlik davri o‘n to‘rt kalendar kundan oshganligi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari, qoida tariqasida, davlat sog‘liqni saqlash tizimi, shu jumladan, vazirliklar, idoralar va boshqa davlat tashkilotlariga qarashli davolash-profilaktika muassasalarining davolovchi shifokorlari tomonidan beriladi.

Sog‘liqni saqlashning xususiy va boshqa xil tizimlariga tegishli davolash-profilaktika muassasalari mehnatga vaqtincha layoqatsizlikni ekspertiza qilish yoki tibbiy-ijtimoiy ekspertiza bo‘yicha yetarli malakali xodimga ega bo‘lgan taqdirda, mehnatga layoqatsizlik varaqalari va mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomalari berishga haqli. Bunda sog‘liqni saqlashning xususiy tizimidagi davolash-profilaktika muassasasi statsionar sharoitda faoliyat yuritayotgan bo‘lishi zarur.

 

M. SADIKOVA,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

2028-YILGACHA QQS VA FOYDA SOLIGʻI STAVKALARI OSHIRILMAYDI

personmaftuna 14-06-25, 02:32
0 2028-YILGACHA QQS VA FOYDA SOLIGʻI STAVKALARI  OSHIRILMAYDI

“Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta'minlash boʻyicha navbatdagi chora-tadbirlar...

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA IMTIYOZLAR

personmaftuna 08-12-24, 13:24
0 XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA IMTIYOZLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish...

TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM

personmaftuna 12-12-24, 02:10
0 TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATADI

“Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-989-son, 05.11.2024 - y.) qabul qilindi. Qonun aholiga...

menu
menu