Kuzatuvchi » Siyosiy » TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATADI

TEGISHLI MA’LUMOTGA EGA SHAXSLAR AHOLIGA PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATADI

“Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ-989-son, 05.11.2024-y.) qabul qilindi.

Qonun aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Qonunga ko‘ra, psixologik yordam – tang (krizisli) vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etishga, shaxslararo munosabatlarni hamda ruhiy salomatlikni yaxshilashga, shaxsiyatni rivojlantirishga yoki insonning ijtimoiy moslashuvini yaxshilash uchun psixologik ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan, psixologik yordam ko‘rsatish standartlariga muvofiq amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmui hisoblanadi.

Psixologik yordam davlat organlarida yoki boshqa tashkilotlarda ishlovchi psixologlar yoxud ushbu sohada xususiy tartibda faoliyat olib boruvchi yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bepul yoki pullik asosda ko‘rsatiladi.

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim tashkilotlarida ta’lim oluvchilarning psixologik salomatligini saqlash, sog‘lom psixologik muhit yaratish va ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish maqsadida psixologik yordam ko‘rsatish tashkil etiladi.

Shaxs psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi tadqiqotlarga yoki ilmiy tajribalarga faqat ixtiyoriy ravishdagi yozma roziligi yoki o‘z qonuniy vakillarining yozma roziligi olinganidan keyin jalb etilishi mumkinligi belgilandi.

Psixologiya yo‘nalishi bo‘yicha oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar psixologik yordam ko‘rsatish bo‘yicha faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.

Shaxsning psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilganligi fakti, psixologik yordam natijalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va psixologik yordam ko‘rsatish chog‘ida olingan boshqa ma’lumotlar psixologning kasbiy sirini tashkil etadi hamda shifokor siriga tenglashtiriladi.

Shuningdek, psixologik yordamni bunday huquqqa ega bo‘lmagan shaxs tomonidan ko‘rsatish yoxud aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan cheklovlarga rioya etmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.

 

 

Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi. 

Boshqa maqolalar

“VATANDOSH” GUVOHNOMASI

personmaftuna 27-11-24, 02:59
0 “VATANDOSH” GUVOHNOMASI

20.11.2024-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezident PQ-397-son Qarori bilan “Vatandosh” guvohnomasi va “Vatandosh”...

ҚОНУНЛАР НОРМАЛАРИНИНГ АНИҚ ВА БИР ХИЛ ҚЎЛЛАНИЛИШИ

personmaftuna 19-03-25, 06:31
0 ҚОНУНЛАР НОРМАЛАРИНИНГ АНИҚ ВА БИР ХИЛ ҚЎЛЛАНИЛИШИ ТАЪМИНЛАНАДИ

“Иқтисодий жиноятларга қарши курашиш тизими такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун...

MEHNAT SHARTNOMASIDA QANDAY REKVIZITLAR KO’RSATILISHI KERAK

personmaftuna 30-09-24, 02:00
0 MEHNAT SHARTNOMASIDA QANDAY REKVIZITLAR KO’RSATILISHI KERAK ?

Mehnat shartnomasida mehnat shartnomasi tuzilgan sana va joy, mehnat shartnomasining raqami va uning taraflarining...

menu
menu