AYRIM SHAXSLARGA TEMIR YO‘L TRANSPORTI VA AVTOBUS UCHUN BEPUL CHIPTALAR BERILADI
Hukumat Qarori (733-son, 04.11.2024-y.) bilan O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reestriga kiritilgan shaxslarga temir yo‘l transportida yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar berish tartibi to‘g‘risida Nizom tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tanloviga ko‘ra temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalardan bir yilda faqat bir marta beriladi.
Borish va qaytish uchun bepul chipta olishda istalgan transport (temir yo‘l yoki avtobus) turidan foydalanilishi mumkin.
Shuningdek, o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni kuzatib borayotgan bir nafar shaxs ham borish hamda qaytish uchun bepul chipta olish huquqiga egaligi belgilandi.
Urganch shahar adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.
Boshqa maqolalar
VAZIRLIK HUZURIDA TAʼLIM SOHASIDA OVQATLANTIRISHNI TASHKIL
personmaftuna 30-01-25, 10:14Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida...
TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN
personmaftuna 20-10-24, 14:41O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2024 yildagi PF-82-son Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025 o‘quv...
BILIB OLING
personmaftuna 30-09-24, 07:13“Kambag'allikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib...