Kuzatuvchi » Siyosiy » TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN

TA’LIM KREDITINI MY.GOV.UZ ORQALI OLISH MUMKIN

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 27.05.2024 yildagi PF-82-son

 Qonunchilikka ko‘ra, 2024/2025 o‘quv yilidan oliy va professional ta’lim tashkilotlarining talaba va o‘quvchilariga ta’lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi: 

- oliy va professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba va o‘quvchilarga ajratiladi;

ta’lim krediti:

- oliy ta’lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun to‘lov-kontrakt summasi miqdorida;

- oliy ta’lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past  bo‘lgan taqdirda to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bunda ta’lim krediti:

- OTM talabalari uchun – talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda;

- professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun – o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Professional ta’lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.


Boshqa maqolalar

DAVLAT ORGANLARIGA ONLAYN MUROJAAT QILISH: NIMALARNI BILISH

personmaftuna 02-05-24, 01:14
0 DAVLAT ORGANLARIGA ONLAYN MUROJAAT QILISH: NIMALARNI BILISH KERAK?

Ortiqcha vaqt va mablag‘ yo‘qotmasdan, uydan chiqmasdan ham davlat tashkilotlariga murojaat qilish mumkin....

“МАКТАБГАЧА ВА УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ СОҲАСИ ОБЪЕКТЛАРИНИ БАРПО

personmaftuna 12-03-24, 02:23
0 “МАКТАБГАЧА ВА УМУМИЙ ЎРТА ТАЪЛИМ СОҲАСИ ОБЪЕКТЛАРИНИ БАРПО ЭТИШДА БУЮРТМАЧИ ХИЗМАТИ ФАОЛИЯТИНИ ЯНАДА ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРА-ТАДБИРЛАРИ ТЎҒРИСИДА”ГИ ПРЕЗИДЕНТ ҚАРОРИ (ПҚ-65-СОН, 08.02.2024 Й.) ҚАБУЛ ҚИЛИНДИ

Қарорга кўра, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги вазирлиги ҳузурида давлат муассасаси шаклида Инфратузилмани...

ЕР УЧАСТКАСИГА БЎЛГАН ҲУҚУҚНИНГ БОШҚА ШАХСГА ЎТИШИ ТАРТИБИ

personmaftuna 14-12-24, 15:00
0 ЕР УЧАСТКАСИГА БЎЛГАН ҲУҚУҚНИНГ БОШҚА ШАХСГА ЎТИШИ ТАРТИБИ ҚАНДАЙ?

Корхонага, бинога, иншоотга, кўп йиллик дов-дарахтларга ёки бошқа кўчмас мулкка бўлган мулк ҳуқуқи, хўжалик юритиш...

menu
menu