Kuzatuvchi » Siyosiy » VAZIRLIK HUZURIDA TAʼLIM SOHASIDA OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA

VAZIRLIK HUZURIDA TAʼLIM SOHASIDA OVQATLANTIRISHNI TASHKIL ETISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI TASHKIL ETILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan: (https://lex.uz/uz/pdfs/7311020)

 davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari bosqichma-bosqich autsorsing usulida ovqatlantirish tizimiga oʻtkaziladi;

oziq-ovqat xarajatlarining (natura koʻrinishida) hisobi "Bolalar bogʻchasi" maktabgacha taʼlimni boshqarish axborot tizimida yaratilgan modullar orqali yuritiladi;

 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoatchilik salomatligi qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadigan “Yagona mavsumiy taomnoma” joriy etiladi.

Keng jamoatchilik hamda ota-onalar tomonidan autsorserlar faoliyatiga doir bildirilayotgan taklif va shikoyatlar Markazning "QR-Feedback" axborot tizimi orqali kiritib boriladi.

Qarorga muvofiq, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Taʼlim sohasida ovqatlantirishni tashkil etish va nazorat qilish markazi tashkil etilmoqda.

Markazning asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

 davlat maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishni muvofiqlashtirish;

 ovqatlantirishni tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlarni bosqichma-bosqich raqamlashtirish;

 autsorsing asosida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etishda davlat xaridlarini amalga oshirish;

maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;

 autsorser tomonidan tayyorlab berilayotgan taomlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligi hamda investitsiya majburiyatlariga rioya etilishini monitoring qilish.

  Shuningdek, ushbu qaror bilan “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida autsorsing usulida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida Nizom” tasdiqlandi.

 

Yangibozor tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Boshqa maqolalar

ATTESTATSIYA NATIJALARI YUZASIDAN MUROJAAT QILISH TARIBI

personmaftuna 28-06-24, 23:54
0 ATTESTATSIYA NATIJALARI YUZASIDAN MUROJAAT QILISH TARIBI QANDAY BO’LADI ?

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan...

ER-XOTINNING UMUMIY MULKIGA NIMALAR KIRADI?

personmaftuna 12-12-24, 01:28
0 ER-XOTINNING UMUMIY MULKIGA NIMALAR KIRADI?

Nikoh davomida olingan mol-mulk er va xotinning umumiy mulki hisoblanadi. Xususan, bunday mulk sirasiga quyidagilar...

UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD

personmaftuna 19-11-24, 18:34
0 UY SHAROITIDA TIRIK PILLA YETISHTIRAYOTGANLAR DAROMAD SOLIG'IDAN OZOD QILINADI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O'RQ-1001-son, 15.11.2024-y.) bilan Soliq kodeksiga qo'shimcha kiritildi. 🔰...

menu
menu