Kuzatuvchi » Siyosiy » HAR BIR DAVLAT TAʼLIM TIZIMIDAGI O‘ZIGA XOS QOIDALARNI BILASIZMI?

HAR BIR DAVLAT TAʼLIM TIZIMIDAGI O‘ZIGA XOS QOIDALARNI BILASIZMI?

Har bir davlat taʼlim tizimining o‘ziga xos qonun-qoidalari bor. Ular mamlakat anʼanalari, odamlarning dunyoqarashi, taʼlimga bo‘lgan munosabat va boshqa sabablarga ko‘ra shakllanadi. Quyida shulardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

-Xitoyda o‘quvchilarga uyga vazifa ko‘p beriladi. Masalan, o‘quvchilar haftada 14 soat vaqtini uyga berilgan vazifalarni bajarishga sarflaydi.

-Rossiyada o‘quv yili «Bilimlar kuni» bilan boshlanadi, bayram va dam olish kunlariga to‘g‘ri kelsa ham 1-sentyabr shu tariqa nishonlanadi.

-Kundalik ovqatlanish masalasiga Fransiyada katta eʼtibor beriladi, o‘quvchilar taom tayyorlash va ovqatlanish rejimi haqida mukammal tasavvurga ega bo‘lishi kerak.

-Eronda o‘g‘il va qiz bolalar alohida o‘qitiladi, qizlarga ayol, o‘g‘il bolalarga erkak o‘qituvchi dars o‘tishi shart.

-Avstraliyada uzoq mintaqalarda yashaydigan talabalarga radio orqali dars o‘tish tajribasi bor.

-Chilida yozgi taʼtil biz uchun g‘ayrioddiy muddatda, yaʼni dekabrning o‘rtalaridan martning boshigacha davom etadi.

-Niderlandiyada bolalar juda erta — 4 yoshidayoq maktabga chiqishadi.

-Islandiyada maktab o‘quvchilariga tikish-bichishdan ham saboq berishadi.

-Braziliyada tushlikka katta eʼtibor qaratiladi, ko‘p maktablarda darslar juda erta, yaʼni ertalab soat yettidan boshlanadi, tushlikni esa o‘quvchilar uylariga borib oila davrasida qilishlari mumkin.

Finlandiyada bolalar yetti yoshga to‘lgachgina maktabga qabul qilinadi. Bundan tashqari, ushbu davlat taʼlim tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinda turadi. Hukumat tasdiqlaydigan taʼlim hujjatlari faqat yo‘riqnoma hisoblanib, o‘qituvchi o‘zi maʼqul topgan uslubda dars berishi mumkin. O‘quvchilarga to‘qqiz yoshidan shved tili (ikinchi til sifatida), o‘n bir yoshidan ingliz tili o‘qitila boshlaydi. Maktab o‘quvchilari kamida to‘rtta tilni o‘rganadilar.

Yangibozor tumani adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.


Boshqa maqolalar

MALAKA OSHIRISH

personmaftuna 27-11-24, 02:54
0 MALAKA OSHIRISH

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 25-son qarori bilan tasdiqlangan “Xalq ta’limi xodimlarini uzluksiz...

DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA

personmaftuna 16-12-24, 18:53
0 DAM OLISH KUNLARIDA YOKI ISHLANMAYDIGAN BAYRAM KUNLARIDA MEHNATGA HAQ TO‘LASH TARTIBI QANDAY?

Mehnat kodeksiga ko‘ra, belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan xodimga dam olish kunlarida yoki ishlanmaydigan...

I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH

personmaftuna 13-12-24, 10:19
0 I VA II GURUH NOGIRONLIGI BO‘LGAN XODIMLAR UCHUN ISH VAQTINING QISQARTIRILGAN DAVOMIYLIGI

I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga 36 soatdan oshmaydigan qilib...

menu
menu