Kuzatuvchi » Siyosiy » KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLAR RAGʻBATLANTIRILADI: MUHIM 4 QOIDA

KORRUPSIYA HAQIDA XABAR BERGANLAR RAGʻBATLANTIRILADI: MUHIM 4 QOIDA

Korrupsiya bu shunchaki jinoyat emas, u butun jamiyatga, hattoki hali dunyoga kelmagan chaqaloqq ham salbiy taʼsirini koʻrsatadi. Davlat korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolarning befarq boʻlmasligini taʼminlash maqsadida, mazkur jinoyat haqida xabar berganlarni ragʻbatlantirish tizimini ishlab chiqqan.

1. Huquqbuzarlik yoki jinoyat haqida kimga xabar berish kerak?

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik yoki jinoyat haqida maʼlumot boʻlganda ichki ishlar, prokuratura, davlat xavfsizlik xizmati organlariga xabar berish lozim.

2. Mukofot puli qanday holatlarda beriladi?

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa koʻmaklashgan shaxslar quyidagi asoslardan biri boʻlganda mukofotlanadi:

pora talab qilgan shaxs yoki oʻzlariga maʼlum boʻlgan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqidagi xabari asosida – bunday huquqbuzarliklar fosh etilganida;

NTT, davlat organi, davlat tashkiloti yoki fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining xizmatchisi oʻziga pora berishni taklif etgan yoki pora talab qilgan shaxs haqidagi xabari asosida huquqbuzarlik fosh etilganida;

korrupsiyaga oid jinoyat qilganligi uchun qidiruvda boʻlgan shaxsga oid xabar asosida qidiruvdagi shaxs ushlanganida.

3. Qancha mukofot puli beriladi?

Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan shaxslar quyidagicha mukofotlanadi:

a) korrupsiyaga oid maʼmuriy huquqbuzarlik haqida berilgan xabar uchun – BHMning uch baravari miqdorida;

b) pora summasi yoki yetkazilgan zarar, oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravarigacha boʻlsa jinoyatning darajasidan kelib chiqqan holda BHMning 5 baravaridan 15 baravarigacha.

v) pora summasi yoki yetkazilgan zarar, oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 30 baravaridan 100 baravarigacha boʻlsa jinoyatning darajasidan kelib chiqqan holda BHMning 10 baravaridan 25 baravarigacha.

g) pora summasi yoki yetkazilgan zarar, oʻzlashtirilayotgan (oʻzlashtirilgan) mulkning qiymati BHMning 100 baravaridan koʻp boʻlsa, pora summasining 15 foizigacha.

d) qidiruvda boʻlgan shaxsni ushlashga, topishga yordam berilganida BHMning 7 baravari miqdorida.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga munosib hissa qoʻshganlar davlat mukofotiga ham tavsiya etilishi mumkin.

4. Korrupsiya haqida xabar berganlarni davlat himoya qiladi

Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar berganlar va ularning yaqin qarindoshlari davlat himoyasida boʻladi.

Mazkur shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar toʻgʻrisida xabar qilganligi sababli tajovuz qilishga, shuningdek ish beruvchi tomonidan ularning mehnatga oid huquqlari buzilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.


 

Boshqa maqolalar

“ХОТИН-ҚИЗЛАР ҲУҚУҚЛАРИ” ОЙЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН

personmaftuna 29-03-24, 06:06
0 “ХОТИН-ҚИЗЛАР ҲУҚУҚЛАРИ” ОЙЛИГИ МУНОСАБАТИ БИЛАН

10 та саволга 10 та жавоб 1-савол. Хотин-қизларга тадбиркорликни йўлга қўйиш учун кредат ажратиш тартиби? Жавоб....

UZOQ VAQT DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALARGA DAVLAT

personmaftuna 06-12-24, 16:00
0 UZOQ VAQT DAVOLANISHGA MUHTOJ BO‘LGAN BOLALARGA DAVLAT TOMONIDAN QANDAY KO‘MAK KO‘RSATILADI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslar,...

ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH

personmaftuna 16-12-24, 19:23
0 ZO‘RAVONLIKDAN JABRLANGAN BOLALARGA HIMOYA ORDERI BERISH TARTIBI YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Qonunga ko'ra, quyidagilar bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning shakllaridir: jismoniy zo‘ravonlik; jinsiy zo‘ravonlik;...

menu
menu