Kuzatuvchi » Siyosiy » XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA IMTIYOZLAR

XORIJIY TILLARNI O‘QITISHDA IMTIYOZLAR

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish ko‘zlangan.

2021-yil 1-sentyabrdan boshlab xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi natijalarga erishgan maktablarni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini ta’sis etilgan.

Bunda, sovrin uchun musobaqalar umumta’lim maktablari o‘rtasida quyidagi uch bosqichda tashkil etilgan holda:

birinchi bosqich — tuman va shaharlarda o‘tkazilib, g‘oliblar 100 mln so‘mgacha;

ikkinchi bosqich — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida o‘tkazilib, g‘oliblar 250 mln so‘mgacha;

uchinchi bosqich — respublika miqyosida o‘tkazilib, g‘oliblar 500 mln so‘mgacha pul mablag‘lari bilan mukofotlash belgilangan.

Qonunchilikka ko‘ra, qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun tadbirkorlarga 50 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lab borish nazarda tutilgan.

 

Tursunboy URAZBAYEV,

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

 

Boshqa maqolalar

QANDAY AXBOROTLARNI TARQATISH TAQIQLANGAN? BILISH KERAK

personmaftuna 29-06-24, 06:57
0 QANDAY AXBOROTLARNI TARQATISH TAQIQLANGAN? BILISH KERAK BOʻLGAN MUHIM MAʼLUMOTLAR

Konstitutsiyaga asosan har kim fikrlash, soʻz hamda istalgan axborotni izlash, olish va tarqatish huquqiga ega. Ammo...

БИЛАСИЗМИ?

personmaftuna 29-03-24, 06:49
0 БИЛАСИЗМИ?

“Муҳтож шахсларни протез-ортопедия мосламалари ва реабилитация қилишнинг техник воситалари билан таъминлаш тизимини...

«DIPLOMATIK ХIZMAT A’LOCHISI» KOʻKRAK NISHONI BILAN KIMLAR

personmaftuna 19-05-25, 08:18
0 «DIPLOMATIK ХIZMAT A’LOCHISI» KOʻKRAK NISHONI BILAN KIMLAR TAQDIRLANADI?

Vazirlar Mahkamasining 19.03.2025-yildagi 174-son qarori bilan «Diplomatik х izmat a’lochisi» va «Diplomatik х izmat...

menu
menu