Kuzatuvchi » Siyosiy » AYRIM TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA AJRATILADI

AYRIM TADBIRKORLARGA SUBSIDIYA AJRATILADI

        

“O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o'tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari   to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-146-son, 01.04.2024-y.) qabul qilindi.

 

Unga ko'ra, Kichik biznesni uzluksiz qo'llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida 2024 yilda yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash hamda ularni eksport qilish bilan bog'liq tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan jami 1,5 trillion so'mgacha bo'lgan miqdorda kredit resurslari yo'naltiriladi.

 

Mahalliy mahsulotlar stendlarini qishloq xo'jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro ko'rgazma va yarmarkalarda jozibador lokasiyalarda joylashtirish uchun ariza kiritish va Savdoga ko'maklashish jamg'armasiga amalda ajratilgan mablag'lar hisobidan oldindan 100 foiz to'lab berish tartibi joriy qilinadi.

 

Bunda, ko'rgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasiga mutanosib ravishda, jumladan “AAA” bo'lganda 100 foiz, “AA” – 95 foiz, “A” – 90 foiz, “BBB” – 85 foiz, “BB” – 75 foiz hamda “B” – 65 foiz miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

 

2024-yil 1-apreldan:

 

-meva-sabzavot mahsulotlari bo'yicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan taqdirda muddati o'tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo'llanmaydi;

 

          -2026-yil 1-yanvargacha mahallalarda qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yig'ib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarni o'zini o'zi band qilgan shaxslar sifatida ro'yxatdan o'tkazishga ruxsat beriladi.

 

O'zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari tegishli davlatda mahalliy qishloq xo'jaligi mahsulotlarini eksport qilish va realizasiya qilishda savdo agentlari faoliyatini yo'lga qo'yadi.

 

Yangibozor tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

 

Boshqa maqolalar

OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAХSLAR: HOZIRGI HOLAT VA

personmaftuna 20-02-25, 11:32
0 OʻZINI OʻZI BAND QILGAN SHAХSLAR: HOZIRGI HOLAT VA YECHIMINI KUTAYOTGAN MASALALAR

2020-2023 yillarda Oʻzbekistonda 2,5 million nafardan ortiq fuqaro (ulardan 1,1 million nafari ayollar) oʻzini oʻzi...

MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA YANGI VAKOLATLAR BERILDI

personmaftuna 20-02-25, 11:10
0 MAHALLIY HOKIMIYAT ORGANLARIGA YANGI VAKOLATLAR BERILDI

Prezident 20.12.2024-yildagi "Hududlarda yuqori iqtisodiy oʻsish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini...

NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT BILAN

personmaftuna 16-12-24, 18:56
0 NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT  BILAN SHUG‘ULLANISH IMKONIYATLARI KENGAYTIRILDI

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish...

menu
menu