Kuzatuvchi » Siyosiy » ISH STAJI UCHUN BERILADIGAN TA’TILLARNI HISOBLASHDA XODIMLARNI XARBIY XIZMATDA HAMDA OLIY O‘QUV YURTLARIDA O‘QIGAN DAVRLARI HAM ISH STAJIGA KIRADIMI?

ISH STAJI UCHUN BERILADIGAN TA’TILLARNI HISOBLASHDA XODIMLARNI XARBIY XIZMATDA HAMDA OLIY O‘QUV YURTLARIDA O‘QIGAN DAVRLARI HAM ISH STAJIGA KIRADIMI?

MK 226-moddasida har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til (MK 220 - moddasi) olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga nimalar kirishi belgilab qo‘yilgan.

Agar jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, xarbiy xizmat davri hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan davrlari har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kirmaydi.

«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 37-moddasiga ko‘ra, harbiy xizmat va oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish davri ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlariga kiradi.

❗️ Demak, e’tibor bering, xarbiy xizmat davri hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan davrlar har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kirmaydi.  Lekin pensiyani hisoblab chiqish jarayonida ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.

  

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

 

Boshqa maqolalar

MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KOʼRA BEKOR QILISH

personmaftuna 01-05-24, 10:44
0 MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KOʼRA BEKOR QILISH ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat...

QURILISH OB'EKTLARIDA ISHLASH MAQSADIDA KELGAN SHAXSLAR

personmaftuna 12-06-25, 02:43
0 QURILISH OB'EKTLARIDA ISHLASH MAQSADIDA KELGAN SHAXSLAR MAZKUR JOYLARDA VAQTINCHA TURGAN JOYI BOʻYICHA ROʻYXATGA OLINADI

Vazirlar Mahkamasining qarori (868-son, 21.12.2024-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va...

TA’LIMNING STANDARTLASHTIRILADIGAN TURLARI

personmaftuna 15-05-24, 18:30
0 TA’LIMNING STANDARTLASHTIRILADIGAN TURLARI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 27.03.2024 - yildagi “Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim...

menu
menu