MK 226-moddasida har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til (MK 220 - moddasi) olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga nimalar kirishi belgilab qo‘yilgan.
Agar jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ichki hujjatlarda, mehnat shartnomasining shartlarida boshqacha qoidalar nazarda tutilmagan bo‘lsa, xarbiy xizmat davri hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan davrlari har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kirmaydi.
«Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 37-moddasiga ko‘ra, harbiy xizmat va oliy ta’lim muassasalarida, aspiranturada, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar institutida, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida, tayanch doktoranturada, doktoranturada va klinik ordinaturada kunduzgi o‘qish, shu jumladan chet elda o‘qish davri ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlariga kiradi.
❗️ Demak, e’tibor bering, xarbiy xizmat davri hamda oliy o‘quv yurtlarida o‘qigan davrlar har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kirmaydi. Lekin pensiyani hisoblab chiqish jarayonida ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
J.OTAJONOV,
Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.