Kuzatuvchi » Siyosiy » MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KOʼRA BEKOR QILISH ASOSLARI

MEHNAT SHARTNOMASINI XODIM TASHABBUSIGA KOʼRA BEKOR QILISH ASOSLARI

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 160-moddasiga asosan, Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini o‘n toʼrt kalendarь kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli.

O‘z tashabbusiga koʼra bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari quyidagilarga nisbatan belgilab qo‘yilgan:

-tashkilot rahbari, uning oʼrinbosarlari, tashkilotning bosh buxgalteri va tashkilot alohida bo‘linmasining rahbari (ushbu Kodeks 489-moddasining uchinchi va to‘rtinchi qismlari);

-mavsumiy xodimlar (ushbu Kodeks 494-moddasining birinchi qismi);

-vaqtinchalik ishlarda band boʼlgan shaxslar (ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi qismi);

-mikrofirmalar ish beruvchilarining xodimlari (ushbu Kodeks 506-moddasining birinchi qismi);

-yakka tartibdagi tadbirkorlarda ishlaydigan shaxslar (ushbu Kodeks 511-moddasining birinchi qismi);

-uy ishchilari (ushbu Kodeks 518-moddasining birinchi qismi);

-qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa xodimlar.

Xodim va ish beruvchi oʼrtasidagi kelishuvga ko‘ra mehnat shartnomasi ogohlantirish muddati tugashiga qadar bekor qilinishi mumkin.

Ushbu moddaning birinchi qismiga muvofiq belgilangan yoki xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra qisqartirilgan ogohlantirish muddati tugaganidan keyin xodim ishni tugatishga haqli, ish beruvchi esa xodimga mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini, mehnat daftarchasini yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani berishi hamda u bilan hisob-kitobni amalga oshirishi shart.

Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga ko‘ra bekor qilish to‘gʼrisidagi ariza u oʼz ishini davom ettirishi mumkin emasligi (taʼlim tashkilotiga qabul qilinganligi, pensiyaga chiqqanligi, saylab qoʼyiladigan lavozimga saylanganligi va boshqa hollarda) bilan bog‘liq boʼlgan hollarda ish beruvchi mehnat shartnomasini xodim iltimos qilayotgan muddatda bekor qilishi kerak.

Muddatli mehnat shartnomasi xodimning tashabbusiga ko‘ra muddatidan oldin bekor qilinganda ushbu Kodeksning 159-moddasida nazarda tutilgan tartibda xodim tomonidan neustoyka to‘lash belgilanishi mumkin.

 

 

T. O‘RAZBOYEV, 

Tuproqqal’a tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.

 

Boshqa maqolalar

OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM

personmaftuna 30-09-24, 10:57
0 OILA VA ХOTIN-QIZLAR QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOM TASDIQLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.08.2024-yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oila va хotin-qizlar...

БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ

personmaftuna 28-06-24, 00:03
0 БИЛИБ ҚЎЙГАН ЯХШИ

Қонунчиликка кўра, меҳнат миграциясидан қайтган шахсларни ишга қабул қилган иш берувчиларга ҳар бир ишга олинган ходим...

ХАЛҚАРО РЕЙТИНГ ВА ИНДЕКСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИДА ПАРЛАМЕНТ

personmaftuna 29-07-24, 23:51
0 ХАЛҚАРО РЕЙТИНГ ВА ИНДЕКСЛАР БИЛАН ИШЛАШ ТИЗИМИДА ПАРЛАМЕНТ НАЗОРАТИ КУЧАЙТИРИЛАДИ

“Халқаро рейтинг ва индекслар билан ишлаш тизимини такомиллаштириш ҳамда ушбу соҳада парламент назоратини кучайтириш...

menu
menu