QURILISH OB'EKTLARIDA ISHLASH MAQSADIDA KELGAN SHAXSLAR MAZKUR JOYLARDA VAQTINCHA TURGAN JOYI BOʻYICHA ROʻYXATGA OLINADI
Vazirlar Mahkamasining qarori (868-son, 21.12.2024-y.) bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, Hukumatning ayrim qarorlariga qurilish ob'ektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish ob'ektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Qurilish va uy joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qat'iy rioya etilayotganligini doimiy nazorat qilib borilishini ta'minlaydi.
D.AZAMATOVA,
Shovot tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti.
Boshqa maqolalar
2024 ЙИЛ 1 ЯНВАРДАН ПЕДАГОГ КАДРЛАРГА МАЛАКА ТОИФАСИНИ
personmaftuna 23-03-24, 22:37Президентнинг 26.05.2023 йил кунги ПФ–79-сон Фармонига асосан: ➖ давлат мактабгача, умумий ўрта ва мактабдан ташқари...
XUSUSIY NAZORAT TIZIMI MEXANIZMLARI SHAKLLANTIRILADI
personmaftuna 01-05-25, 01:43Farmonga ko'ra, yakka tartibdagi uy-joylar va kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya...
SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?
personmaftuna 30-09-24, 11:42O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, O‘zbekiston...