Kuzatuvchi » Siyosiy » SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

SHAXS QANDAY HOLLARDA O‘ZBEKISTON FUQAROLIGINI YO‘QOTADI ?

O‘zbekiston Respublikasining 13.03.2020-yildagi O‘RQ-610-son Qonunining 25-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda yo‘qotiladi:

shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi oqibatida;

agar xorijda doimiy yashovchi shaxs yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;

agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish bila turib yolg‘on ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida amalga oshirilgan bo‘lsa;

agar shaxs chet davlatning foydasini ko‘zlab faoliyat ko‘rsatgan holda yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish yo‘li bilan jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa;

agar shaxs ixtiyoriy ravishda chet davlatning fuqaroligini olgan bo‘lsa;

agar shaxs chet davlatning fuqaroligini tug‘ilganlik bo‘yicha yoxud chet davlat fuqarosi bo‘lgan otasining yoki onasining fuqaroligi asosida, voyaga yetmagan yoshida olgan bo‘lsa va yigirma bir yoshga to‘lguniga qadar chet davlat fuqaroligidan chiqishni rasmiylashtirmagan bo‘lsa.

Shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo‘qotganligi oilaning boshqa a’zolarini fuqaroligi o‘zgarishiga sabab bo‘lmaydi.

 

X.MATKARIMOV,

Yangiariq tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti. 

Boshqa maqolalar

BOQUVCHI VAFOT ETGANLIGI MUNOSABATI BILAN YETKAZILGAN ZIYON

personmaftuna 30-09-25, 11:59
0 BOQUVCHI VAFOT ETGANLIGI MUNOSABATI BILAN YETKAZILGAN ZIYON QANDAY TARTIBDA QOPLANADI?

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat kodeksining 329-moddasiga asosan, boquvchi vafot etganligi munosabati bilan...

18 YOSHGACHA BO‘LGAN XODIMLARNING MEHNAT NORMALARI

personmaftuna 25-09-25, 22:43
0 18 YOSHGACHA BO‘LGAN XODIMLARNING MEHNAT NORMALARI

18 yoshgacha bo‘lgan xodimlar mehnatining qo‘llanilishi taqiqlanadigan va bajarilishi voyaga yetmaganlarning...

IJODIY TA’TILLAR BERISH TARTIBI

personmaftuna 11-12-24, 15:20
0 IJODIY TA’TILLAR BERISH TARTIBI

Mehnat faoliyatini yoki pedagogik faoliyatni ilmiy ish bilan birga olib borayotgan shaxslarga asosiy ish joyida...

menu
menu