Kuzatuvchi » Siyosiy » “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILADI

“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILADI

“Umumiy o'rta ta'lim maktablarida jismoniy tarbiya fani o'qitilishini tubdan takomillashtirish hamda ushbu fan o'qituvchilarining kasbiy faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-392-son, 15.11.2024) qabul qilindi.

🔰 Qaror bilan jismoniy tarbiya fani o'qituvchilariga malaka toifasi berishning yangi tartibi ishlab chiqiladi.

⚡️Qarorga ko'ra, 2025-yil:

1-martga qadar boshlang'ich, o'rta va yuqori sinf o'quvchilari yosh toifasi bo'yicha harakatli o'yinlar, olimpiya va ommaviy sport turlariga ustuvorlik berish orqali sport turlari ro'yxati shakllantiriladi;

1-iyunga qadar maktab o'quvchilarining sport musobaqalaridagi ishtiroki, maktab sport klublarining faoliyati, o'quvchilarni sportga qamrab olinganlik darajasini aniqlash yuzasidan reyting tizimi ishlab chiqiladi;

1-mayga qadar maktab sport klublari a'zolari uchun Zomin tumani “Lochin” dam olish maskanida o'quvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash bazasi tashkil etaladi;

1-iyulga qadar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilarining bilim darajasi va kasbiy mahoratini aniqlash bo'yicha milliy baholash tizimi ishlab chiqiladi va amaliyotga joriy etiladi. 

🗓2025/2026-o'quv yilidan boshlab:

🔹5–11-sinflar jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari uchun o'quv-metodik qo'llanmalar ishlab chiqiladi;

🔹har bir maktabda bosqichma-bosqich maktab sport klublari faoliyati yo'lga qo'yiladi;

🔹har yili an'anaviy tarzda maktablar o'quvchilari o'rtasida “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalari tashkil etiladi.

 

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

 

Boshqa maqolalar

TENDER NATIJALARI BO‘YICHA SHARTNOMA TUZISHNI BILASIZMI?

personmaftuna 28-06-24, 23:05
0 TENDER NATIJALARI BO‘YICHA SHARTNOMA TUZISHNI BILASIZMI?

O‘zbekiston Respublikasining Davlat xaridlari to‘g‘risida qonuni 12.03.2021-yil qonunining 70-moddasiga asosan. Tender...

TILXAT HAM SHARTNOMA O‘RNIGA O‘TADI

personmaftuna 27-06-24, 23:48
0 TILXAT HAM SHARTNOMA O‘RNIGA O‘TADI

Qarz berayotganda uni oddiy yozma shartnoma bilan rasmiylashtirish kerak. Qarzning miqdori BHMning 10 baravaridan (3...

MA’MURIY ISHLARI BO’YICHA SUDLARGA BERILADIGAN DA’VO

personmaftuna 22-03-25, 06:17
0 MA’MURIY ISHLARI BO’YICHA SUDLARGA BERILADIGAN DA’VO ARIZALARIDAN QANCHA MIQDORDA DAVLAT BOJI UNDIRILISHI HAQIDA HUQUQIY MA’LUMOT BERSANGIZ ?

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalar bo‘yicha fuqarolardan BHMning 5...

menu
menu