Kuzatuvchi » Siyosiy » DAVLAT XIZMATCHISI TADBIRKOR YOKI UNING MUASSISI BO‘LISHI MUMKIN EMAS

DAVLAT XIZMATCHISI TADBIRKOR YOKI UNING MUASSISI BO‘LISHI MUMKIN EMAS

(O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-788-son  Qonuni   13-moddasida Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar) 

🚫 Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas: 

- o‘zaro yaqin qarindoshlikda yoki quda tomondan qarindosh bo‘lgan shaxslar bilan (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘illar, qizlar, er-xotinlar, shuningdek er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) aynan bitta davlat organida birga xizmat qilishi, agar ularning birga xizmat qilishi ulardan birining ikkinchisiga bevosita bo‘ysunishiga yoki uning nazorati ostida bo‘ladigan davlat fuqarolik xizmati lavozimini egallashga, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno;

- pedagogik, ilmiy va ijodiy faoliyatdan tashqari haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanishga, O‘zbekiston qonunlarida hamda Prezident qarorlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;

- tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishga;

- tadbirkorlik faoliyati sub’ektlarini tashkil etishga, ularning muassisi (ishtirokchisi) bo‘lishga, tadbirkorlik faoliyati sub’ektida tashkiliy-boshqaruv, ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini bajarishga, bundan aksiyadorlik jamiyatlarining erkin muomalada bo‘lgan aksiyalariga qonunchilikda belgilangan talablar doirasida egalik qilish hollari mustasno;

- o‘zi xizmat qilayotgan davlat organi nazorati ostidagi yoki u bilan aloqalar va manfaatlarga ega bo‘lgan tashkilotlardagi ulushlarni, paylarni va aksiyalarni bevosita yoki vakillar orqali olishga;

 

- o‘z xizmat vakolatlarini jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab bajarish yoki bajarmaslik evaziga ulardan biron-bir mukofot, foyda yoki sovg‘alar olishga;

- chet davlat fuqaroligini olishga;

- qonunchilikda nazarda tutilmagan imtiyozlar, preferensiyalar yoki afzalliklardan o‘z xizmat mavqei bilan bog‘liq holda foydalanishga;

- O‘zbekistondan tashqarida hisobvaraqlar ochishga va ularga ega bo‘lishga, ko‘chmas mulkka va boshqa mol-mulkka egalik qilishga, bundan chet davlatda ta’lim olish, stajirovka o‘tash va tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida ochilgan hisobvaraqlar, shuningdek davlat fuqarolik xizmatiga kirishdan oldin olingan va oshkor qilingan mol-mulk mustasno;

- o‘zining vakolatlarini siyosiy partiyalarning, boshqa jamoat birlashmalarining va ular organlarining manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga.

 

J.OTAJONOV,

Urganch tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshligʻi.

Boshqa maqolalar

FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR

personmaftuna 30-09-24, 11:44
0 FIRMA NOMIDA QANDAY PRINSIPLARGA ZID BO‘LGAN BELGILAR KO‘RSATILMASLIGI KERAK?

O‘zbekiston Respublikasi “Firma nomlari to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasiga asosan Firma nomida: davlatning rasmiy...

XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASASIDAN DAVLAT OLIY TA’LIM

personmaftuna 16-12-24, 19:22
0 XUSUSIY OLIY TA’LIM MUASSASASIDAN DAVLAT OLIY TA’LIM MUASSASASIGA O‘QISHNI KO‘CHIRISH MUMKINMI?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-iyundagi “Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish...

BOLALARGA NISBATAN OILAVIY (MAISHIY) ZOʻRAVONLIK SODIR

personmaftuna 08-02-25, 00:48
0 BOLALARGA NISBATAN OILAVIY (MAISHIY) ZOʻRAVONLIK SODIR ETGANLIK UCHUN JAVOBGARLIK BELGILANDI

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-978-son, 21.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirishlar va...

menu
menu